O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


b) j a r a n s i z u n d o s h b i l a n y o n d o s h q o‘l l a n g a n h o l a t (assimilativ holat): ib


Download 5.3 Mb.
bet50/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

b) j a r a n s i z u n d o s h b i l a n y o n d o s h q o‘l l a n g a n h o l a t (assimilativ holat): ibtidoiy> iptidoiy (b>p), ijtimoiy> ishtimoiy (j>sh), ketdi>ketti (d>t).
Jarangsiz undoshlarning ko„pchiligi deyarli barcha pozitsiyalarda o‘zining tipik ottenkasi bilan qatnashadi: so‘zning boshida (paxta, taxta), ikki unli orasida (opa, ota,kosa), so'z oxirida (kanop, savat, olmos,\ jarangli, sonor yoki jarangsiz undoshlar bilan yondosh qo‘llangan holatlarda (toshdan, toshni,toshqin,qopqon, qopdi, qopni, ketmon, o„tzor, atlas,atlasni kabi).Jarangsiz undoshlarning u yoki bu pozitsiyada jaranglashuvi juda kam uchraydi. Masalan, jarangsiz “k” jarangli “z” ta‘sirida “g” ko‘rinishida (tokzor> togzor kabi), jarangsiz “q” esa so‘z oxirida jarangli “g‘” tarzida
(taroq> tarog„, baliq> balig„ kabi) reallashish holatlari uchraydi. Demak, “k” va “q” jarangsiz undoshlari uchun ayni shu holatlar kuchsiz pozitsiya bo‘lishi mumkin.
Ottenka, variatsiya va variant atamalari haqida
ma’lumot
Tilshunoslikda ottenka, variatsiya va variant atamalari ham uchrab turadi. Ottenka va variatsiya atamalari, aslida, bir tushunchani - fonemaning nutqdagi turli ko‘rinishlarini ifodalaydi. Ulardan biri (ottenka atamasi) L.V. Shcherba nazariyasiga, ikkinchisi (variatsiya atamasi) esa Moskva fonologiya maktabi nazariyasiga xosdir. Masalan, "d" ning odam va ozod so‘zlaridagi ikki xil ko‘rinishi (jarangli "d" va jarangsiz "t") bir fonemaning ikkita ottenkasi (L.V. Shcherba terminologiyasiga ko‘ra) yoki ikkita variatsiyasi (Moskva fonologiya maktabi terminologiyasiga ko‘ra) hisoblanadi. Variant atamasi tilshunoslikda ikki xil ma'noda qo‘llanmoqda: Moskva fonologiya maktabi vakillari ishlarida variant ikki fonemaning kuchsiz pozitsiyada mo'tadillashuvidan (neytralizatsiyasidan) yuzaga kelgan bir xil ko‘rinishidir. Masalan, "tub(“masalaning tub mohiyati”) va "tup" (—bir tup olma”) so‘zlari oxiridagi “b” va “p”laming ikkalasi bir xil talaffuz qilinadi: "tup"(—masalaning tup mohiyati”) va "tup"(“bir tup olma”) kabi. Bunda "b" va "p" fonemalarining so‘z oxirida mo'tadillashuvi sodir bo‘lgan: b-p>P kabi. Bu ko‘rinish variant deb nomlanadi, u "b" va "p" fonemalariga nisbatan giperfonema (“fonemalar guruhi”)deb ham yuritiladi.
Praga tilshunosligi vakillari ishlarida variant atamasi ko‘proq ottenka (bir fonemaning ikki-uch xil korinishi) ma'nosida qo‘llaniladi. O‘zbek tilshunosligida ham bu atama ko‘proq shu ma'noda ishlatilmoqda.
Tilshunoslikda fonema ottenkalari, variatsiyalari va variantlari, neytralizatsiya va giperfonema kabi tushunchalarning kashf etilishi faqat nazariy jihatdangina emas, balki amaliy jihatdan ham e'tiborga loyiqdir. Bunday kashfiyot lisoniy va nutqiy hodisalarni, tilning moddiy va mavhum birliklarini farqlash bilan birga, fonemalar bilan ottenkalar o‘rtasidagi umumiylik, xususiylik va alohidalik munosabatlarini anglab olish, ko‘p sonli tovushlarni ma'lum miqdordagi fonemalarga birlashtirish, shu asosda alifbodagi harflar miqdorini ham cheklash imkonini beradi. Ayni shu jihatlarning o‘tmishda yetarli hisobga olinmaganligi uzoq yillar davomida ko‘pchilik xalqlarning adabiy til me'yorlarini belgilashda, alifbo tarkibini shakllantirishda, imlo qoidalarini tuzishda qator qiyinchiliklarga sabab bo‘lganligi tarixdan ma'lum. O‘zbek tilshunosligi ham bundan mustasno emas (qarang: 11, 2-bob, 17-§, 74-77-betlar).
Xulosa


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling