Fonemalarning differensial belgilari - o‘zaro qarama-qarshi qo’yilayotgan ikki fonemaning farqlanadigan belgilari.
Fonemalarning integral belgilari - o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilayotgan ikki fonemaning farqlanmaydigan belgilari.
Fonologik oppozitsiya - differensial belgilar asosida ikki fonemaning bir- biriga qarama-qarshi qo‘yilishi (fonologik zidlanish).
Gradual oppozitsiya - pog‘onali zidlanish.
Korrelatsiya - bir farqlanish belgisi asosida tarkib topgan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar qatori.
Artikulatsiya o„rni - talaffuzda ishtirok etuvchi faol va nofaol a‘zolar orasida hosil bo‘lgan to‘siq o‘mi.
Artikulatsiya usuli - nutq a’zolari hosil qilgan to‘siqdan havo oqimining portlab, sirg‘alib yoki titrab o‘tishi.
Jaranglilik-jarangsizlik farqlanish belgisiga asoslangan oppozitsiyalar - undosh tovushlarning jaranglilik va jarangsizlik belgilari asosida zidlanish hosil qilishi.
Lablanish va lablanmaslik farqlanish belgisiga asoslangan oppozitsiyalar - unli fonemalarning lablar ishtirokiga ko‘ra hosil bo‘ladigan zidlanishlari.
Tilning uch darajali ko„tarilishi - unli fonemalarning hosil bo‘lishida tilning tanglay tomon ko‘tarilish darajasi: quyi ko‘tarilish, o‘rta ko‘tarilish, yuqori ko‘tarilish kabi.
Fonema ottenkalari - fonemalarning nutqda voqelangan real ko‘rinishlari.
Majburiy ottenkalar- fonemaning so‘z tarkibidagi yoki nutq oqimidagi fonetik qurshov ta’sirida yoxud ma’lum fonetik pozitsiya talabi bilan o‘zgargan ko‘rinishlari.
a) kombinator ottenkalar - fonemaning so‘z tarkibidagi tovushlarning bir- biriga ta'siri natijasida yuzaga keladigan ko‘rinishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |