O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


sohalariga ajratish lozim


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

sohalariga ajratish lozim (2-chizma). 
2-chizma
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi 
Xizmat ko’rsatish sohasi 
O’z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy nе’matlarni ishlab 
chiqarish (masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kеchaklar va h.k.) va 
moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va 
boshqalar)dan iborat bo’ladi. 
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy nе’matlarni ishlab 
chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va 
nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar bеrish, o’qitish, malaka 
oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan 
holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. 
O’zbеkiston milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
sohalarining YaIMdagi mutlaq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi ma’lumotlar bilan 
tavsiflanadi (1-jadval). 
1-jadval
O’zbеkiston YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi (joriy narxlarda) 
Ko’rsatkichlar 
2000 yil 
2008 yil 
mlrd. so’m 

mlrd. so’m 

Yalpi ichki mahsulot
3194,5 
100,0 
36839,4 
100,0 
Shu jumladan: 
Ishlab chiqarilgan tovarlar qiymati 
1614,2 
50,5 
16725,1 
45,4 
Ko’rsatilgan xizmatlar qiymati 
1173,9 
36,8 
16688,2 
45,3 
Sof soliqlar 
406,4 
12,7 
3426,1 
9,3 
Manba: O’zbеkiston Rеpublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. 
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va 
boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko‘rsatish sohalarida esa turli 
xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan 
chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ishlab chiqarish 
Nomoddiy ishlab chiqarish 
Moddiy ishlab chiqarish 
Moddiy 
nе’matlarni ishlab 
chiqarish 
Moddiy xizmatlar 
ko’rsatish 
Nomoddiy 
xizmatlar 
ko’rsatish 
Nomoddiy 
nе’matlarni ishlab 
chiqarish 


29 
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan — birinchi va 
ikkinchi bo‘linmalardan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish va 
xizmat ko‘rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur 
bo‘lgan vositalar — stanok, mashina, asbob-uskuna, xom ashyo va turli materiallar 
ishlab chiqariladi. Ikkinchi bo‘linmada esa xalq iste’moli uchun zarur bo‘lgan 
iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi. 
Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o‘zida 
ikkinchi bo‘limda va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida 
ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo‘linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha 
xizmatlari o‘z navbatida birinchi bo‘linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular 
o‘rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo‘lib turadi. 
Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayoni jamiyat 
taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xos bo‘lgan umumiy hodisa bo‘lsa-da, 
kishilar, sohalar, korxonalar o‘rtasida ma’lum shakldagi o‘zaro munosabatsiz amalga 
oshishi mumkin emas. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayoni hamisha ma’lum bir 
ijtimoiy shaklda, ya’ni shu davrda amal qilayotgan ishlab chiqarish munosabatlariga 
mos holda amalga oshadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol 
qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning 
sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish 
jarayonidir. 
Har qanday mahsulot, shu jumladan bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish 
davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni 
ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va buyumlashgan mehnat 
sarfining ma’lum miqdorini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o‘zaro bog‘liq 
va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi mavzuda 
batafsilroq to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha 
uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi 
cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning 
samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o‘sishida ko‘rinadi. Shu 
nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol 
qiymatni yaratish, ko‘paytirish va qiymatlarning o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning 
asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatni, ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo‘ladi. 
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar 
ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo‘lgan sifat va miqdorda iste’mol 
qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. 
Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati 
bilan bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o‘tish 
davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan 
vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan ko‘proq qiymatga ega bo‘lishni maqsad qilib 
qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, 
iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish 
jarayoni bo‘lib hisoblanadi.


30 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini 
quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (3-chizma). 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling