O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila 
ixtiyorida to‘planib, ayni vaqtda mavjud bo‘lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat 
ko‘rsatish, ularni iste’molchiga yetkazib berishda va iste’mol jarayonlarida 
foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar, qo‘r-qutlar va manbalar tushuniladi. 
Tabiiy resurslar (er, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy 
resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga 
tayyor tovarlar, ularning qo‘r-qutlari, pul mablag‘lari va boshqalari) ana shular 
jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga 
ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish 
vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul resurslari ham kiradi. 
Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli hamma odamlar xohlagan iste’mol 
buyumlarini, transport vositalarini va boshqa narsalarni darhol xarid qila olmaydi va 
xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto eng ko‘zga ko‘ringan davlat 
arbobi, sahna yoki sport yulduzi ham bu muammoga duch keladi. Resurslar 
cheklanganligi faqatgina iste’molni emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatishni ham cheklab qo‘yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat o‘z 


26 
imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma 
turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli bo‘lgan sohalarini tanlab 
kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni birinchi navbatda ularga jalb 
qiladi. Masalan, O‘zbekiston endi mustaqillikka erishgan dastlabki paytda 
respublikamizning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft qazib olish va gaz 
kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko‘proq mablag‘ ajratishga majbur bo‘ldi. 
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud pul va valyuta 
zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab, 
investitsiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga 
qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag‘ sarflash kuchaytirilgan sharoitda 
boshqa sohalarga ajratiladigan mablag‘larni obyektiv ravishda nisbatan kamaytirishga 
to‘g‘ri keladi. 
Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo‘li 
bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Bu imkoniyatlar 
darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning 
yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini 
kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, 
mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg‘i, mehnat va 
boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, 
xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini topib, hayotga jalb etish 
imkonini beradi: jumladan, yerning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga 
tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, 
quyosh energiyasidan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va 
ehtiyojlarni qondirish darajasi o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni 
quyidagicha ifodalash mumkin: 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling