O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

ifodasini topadi. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishini
balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o‘rniga yangilarining 
kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan 
ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab 
chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni 
yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va 
ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda 
paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro xususiyatga ega bo‘ladi. 
Masalan, kompyuter bir mamlakatda paydo bo‘lib, tez orada unga ehtiyoj dunyo 
miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy 
xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib 
boradi. 
Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa 
bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo 
bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, unga xizmat ko‘rsatish, dastur tuzish 
kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. 
Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga qarshi 
ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron 
munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) 
va zilzila, suv toshqini, yong‘in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi 
ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni mavjud 
ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishida, 
muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning 
boshqasi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni 
qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani 
holda uni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling