O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


-BOB. EHTIYOJLAR VA ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

2-BOB. EHTIYOJLAR VA ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI 
Insonning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan vositalarning 
aksariyat qismi inson mehnati bilan yaratiladi. Shunga ko‘ra, ehtiyojlarning 
mavjudligi ishlab chiqarishning uzluksiz ravishda amalga oshirilishini ham taqozo 
etadi. Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar ayirboshlash
taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo‘ladigan munosabatlarga yo‘nalish beradi va 
ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar boshqa fazalardagi 
munosabatlarning tavsifini belgilab beradi. Mazkur bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar 
qarab chiqiladi. Ishlab chiqarish omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi 
va mazmuni ochib beriladi, so‘ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog‘liq 
masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham 
o‘rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo‘shilgan mahsulot va uning kamayib 
borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi 
qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g‘oyalar bilan tanishtiriladi. 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning turlari
va turkumlanishi 
Iqtisodiyot asoslarini, uning amal qilish qoida va tamoyillarini o‘rganish, 
iqtisodiy muammolarni hal etish eng avvalo ehtiyoj tushunchasi bilan uzviy 
bog‘liqdir. Chunki, birinchidan, inson hayotiga turli ehtiyojlarning paydo bo‘lishi va 
qondirilishi jarayoni sifatida qarash mumkin. Ikkinchidan esa, iqtisodiyotning doimiy 
va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi 
orqali namoyon bo‘ladi. 
Bakalavriat kursidan ma’lum bo‘lganidek, insonning yashashi va kamol 
topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy 
vositalarga bo‘lgan zarurat iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi. 
Ehtiyojlar turli-tuman bo‘lib, ularni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy 
va boshqa turdagi ehtiyojlarga ajratish mumkin. Ular orasida kishilarning yashashi
mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda 
xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu 
ehtiyojlarning asosiy jihati – ularni qondirish uchun iqtisodiy faoliyat yoki ijtimoiy 
ishlab chiqarishning taqozo etilishidir. O‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar 
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga bo‘linadi. Moddiy ehtiyojlar – bu kishilarning o‘z 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling