O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


-chizma. Talabning o‘sishi


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

4-chizma. Talabning o‘sishi 
Jami daromadning oshishi nonga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi – 
xaridorlar narx o‘zgarmagan sharoitda ko‘proq non sotib olish imkoniga ega 
bo‘ladilar. Bu talab egri chizig‘ining o‘ng-yuqori tomonga siljishi orqali ifodalanadi.
Non narxining oshishi taklif talab bilan tenglashgunga qadar davom etadi. 
Nonning muvozanatlashgan narxi va taklifi qiymati oshadi. 
Shu kabi, unning narxi oshgan taqdirda non taklifi kamayadi (5-chizma). 
P S

S

P
H1
P
H

0 Q
H1
Q
H

5-chizma. Taklifning qisqarishi 
Unning narxi oshganda non taklifi qisqaradi – nonni sotishdan olinadigan naf 
kamayib, ishlab chiqarish qisqaradi. Bu holat taklif egri chizig‘ining chap-yuqoriga 
siljishi bilan ifodalanadi. Talab va taklif egri chiziqlarining yangi kesishish nuqtasi 
hosil bo‘ladi. Nonning muvozanatlashgan narxi o‘sib, muvozanatlashgan miqdori 
kamayadi. Shunday tarzda model jami daromad yoki un narxining o‘zgarishi qanday 
qilib non bozoriga ta’sir ko‘rsatishini yaqqol namoyish etadi. 
Pozitiv va normativ tahlil. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy hodisa 
va jarayonlarni tushuntirish va bashoratlash uchun xizmat qiladi. Normativ tahlil esa 
iqtisodiyot qanday holda samarali amal qilishini, iqtisodiy jarayonlar o‘z natijasini 
berishini o‘rganadi. 
Grafik usul. Iqtisodiy tadqiqotlarda grafik usul muhim o‘rin tutadi. Grafiklar 
turli iqtisodiy omillar o‘rtasidagi funktsional bog‘liqlik va aloqalarni ko‘rgazmali 
tasvirlash vositasi hisoblanadi. Bu omillarning ba’zilari mustaqil o‘zgaruvchi 
hisoblansa, boshqa birlari bog‘liq o‘zgaruvchi hisoblanadi. O‘zgaruvchilar o‘rtasidagi 


22 
to‘g‘ri bog‘liqlik grafik tarzda koordinatalar o‘qida o‘sib boruvchi chiziq shaklida 
tasvirlanadi. Teskari aloqa esa pasayib boruvchi chiziq shaklini oladi. Bog‘liq va 
bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilar uchun koordinatalar o‘qini tanlash ixtiyoriy 
ravishda, qulaylik va yaxshiroq ifodalash tamoyili asosida amalga oshiriladi. Ya’ni, 
bu yerda matematikadagi singari bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilar faqat abstsissa 
o‘qiga joylashtiriladi, degan qat’iy talablar mavjud bo‘lmaydi. Grafiklar tahlil 
qilinayotgan iqtisodiy o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi chiziqli (to‘g‘ri chiziqlar) hamda 
nochiziqli (egri chiziqlar) bog‘liqliklarni ifodalashi mumkin.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling