O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

Induktsiya va deduktsiya biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro 
bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab 
harakati induktsiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati 
deduktsiya deb ataladi.
Iqtisodiy jararyonlarni o‘rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv 
usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil 
qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yilib, yanglish 
tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
9
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, 
matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik 
usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini 
ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul 
o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. 
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi 
o‘zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo‘ladi. 
Iqtisodiy o‘quv adabiyotlarida mikroiqtisodiy tahlilning ko‘plab usullari, 
jumladan, so‘nggi qo‘shilgan miqdor nuqtai nazaridan tahlil (marjinalizm), 
funktsional tahlil, mikroiqtisodiy modellashtirish, grafik usul kabilar keng bayon 
etilgan. Quyida mazkur usullarning asosiylariga to‘xtalib o‘tamiz. 
So‘nggi qo‘shilgan miqdor nuqtai nazaridan tahlil (marjinalizm). 19-asrning 
ikkinchi yarmida me’yoriy foydalilik va me’yoriy unumdorlik yoki marjinalizm 
(marginal (ingl.) - me’yoriy) nazariyasi shakllandi. Marjinalizm nazariyasi – bu 
xo‘jalik munosabatlariga jalb etilgan alohida subyektning ruhiyati nuqtai-nazaridan 
amalga oshiriluvchi iqtisodiy tahlil. Mazkur subyekt iqtisodiy jarayonda ishtirok etish 
yoki ishtirok etmaslikdan olinishi mumkin bo‘lgan me’yoriy foyda yoki me’yoriy 
yo‘qotishlarga eng avvalo xususiy baholash orqali yondoshadi. Bunday baholashlar 
9
Bu usulning nazariy va amaliy ahamiyati prоf.Sh.Shоdmоnоv, dоts. G.Baubеkоva tоmоnidan chiqarilgan 
«Innоvatsiоnniе mеtоdi v prеpоdavanii ekоnоmichеskоy tеоrii» kitоbida batafsil bayon etilgan. 


18 
asosida ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif, narx nazariy jihatdan izohlab 
beriladi.   

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling