O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


 Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning metodologik tamoyillari


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

 
3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning metodologik tamoyillari 
 
Boshqa fanlar singari, iqtisodiyot nazariyasi fanining amalda vujudga kelishi 
tadqiqot predmetining shakllanishi bilan birga uning bilish usulining qaror topishiga 
ham bog‘liqdir. Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-
qoidalari va aniq hadislaridir. Bu obyektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va 
nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. U iqtisodiy hodisalarni 
o‘rganishga umumiy yondashuv, haqiqatni yagona va yaxlit holda tushunish, yagona 
falsafiy asosning mavjudligini taqozo etadi. Uslubiyat asosiy masala, ya’ni 
iqtisodiyot nazariyasi u yoki bu iqtisodiy tizimning amal qilishi va yanada 
rivojlanishini qanday ilmiy usullar, vositalar orqali bayon etilishini hal etishga 
yordam berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi uslubiyatida bir necha asosiy 
yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1) Subyektiv; 
2) neopozitiv-empirik; 
3) ratsionalistik
4) dialektik.
Subyektiv yondashuvda iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilishda xo‘jalik 
yurituvchi alohida subyekt nuqtai-nazaridan kelib chiqiladi. Ayniqsa, mazkur 
yondashuvdan iste’molchi xatti-harakati nazariyasi, alohida bozor ishtirokchilarining 
xulq-atvorlarini bayon etishda keng foydalaniladi. 
Neopozitiv-empirik yondashuv iqtisodiy hodisa va jarayonlarni nisbatan 
mukammalroq o‘rganish hamda baholashga asoslanadi. Tadqiqotning diqqat 
markazida bilishning texnik apparati maydonga chiqib, u bilish vositasidan uning 
predmetiga (matematik apparat, ekonometrika, kibernetika va h.k.) aylanadi. 
3
Karimоv I.A. «O‘zbеkistоn buyuk kеlajak sari». T.: «O‘zbеkistоn», 1999. 187-bеt. 
1
Karimоv I.A. Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi. T-5. -T.: «O‘zbеkistоn», 1997. 149-bеt. 


15 
Tadqiqot natijasi bo‘lib esa asosiy kategoriyalardan iborat bo‘lgan turli ko‘rinishdagi 
iqtisodiy modellar maydonga tushadi.
Ratsionalistik yondashuv insoniyat taraqqiyotining tabiiy yoki ratsional 
qonunlarini ochib berishga qaratilgan bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy tizimni, uni tartibga 
soluvchi iqtisodiy qonunlarni, jamiyatning iqtisodiy tuzilishini tadqiq qilishni taqozo 
etadi. Shuningdek, iqtisodiy ratsionalizm kontseptsiyasi mikroiqtisodiy tahlilda keng 
qo‘llaniluvchi qoidalardan biri hisoblanadi. Uning asosida iqtisodiy subyektning 
mavjud imkoniyat va resurslarning cheklanganligi sharoitida minimal xarajatlar 
asosida maksimal natija olishga intilishi yotadi. Kishilar doimo o‘z subyektiv 
manfaatlarini qondirishda cheklangan iqtisodiy ne’matlardan foydalanishning 
muqobil usullarini tanlash zaruriyatiga duch keladilar. Tabiiyki, o‘zlarining ratsional 
hatti-harakatlarini amalga oshirish uchun iqtisodiy subyektlar tanlash erkinligiga ega 
bo‘lishlari lozim.
Ratsionallik darajasiga ko‘ra uning ikki turi farqlanadi: 
1. To‘liq ratsionallik. Bu ko‘proq nazariy tasavvur bo‘lib, unda iqtisodiy subyekt 
mavjud axborotdan eng yuqori darajada foydalanib, qilingan xarajatlar bilan olingan 
natijalar o‘rtasidagi eng yuqori tafovutga erishadi (minimal xarajat sharoitidagi 
maksimal foyda). 
2. Cheklangan ratsionallik. Bunda axborotlarni to‘plash va tahlil qilishning 
qiyinligi tufayli xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda undan to‘liq foydalanishning 
mumkin emasligini aks ettiradi. Bunday holatda qarorlar qisman tajriba, intuitsiya va 
boshqalar asosida qabul qilinib, ulardan olinadigan sof foyda nisbatan kamroq 
bo‘ladi.
Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib 
chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat 
umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling