O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

 
 
6
Jumladan: Bоrisоv Ye.F. ekоnоmichеskaya tеоriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dоp. – M.: TK Vеlbi, Izd-vо Prоspеkt, 
2005. 


12 
1-jadval 
Ayollarning ish bilan bandligi muammosini o‘rganishda turlicha o‘zaro bog‘liq 
nazariyalaridan foydalanish
7
«Qo‘shimcha ishchi» nazariyasi 
«Rad etilgan ishchi» nazariyasi 
Ishsizlikning yuqori foizi turmush qurgan 
ayollarning mehnatdagi ishtiroki hissasining 
oshib borishiga olib keladi. Chunki, ularning 
erlari ishsiz bo‘lgan chog‘da oilani ta’minlash 
uchun ayollarga ishlashga to‘g‘ri keladi. 
Demak, turmush qurgan ayolning ishga kirish 
borasidagi qarori nafaqat ish haqi, balki oilaning 
umumiy daromadiga bog‘liq bo‘ladi. Agar 
yuqori darajadagi ishsizlik erlar uchun ishlashga 
kam imkoniyat qoldirsa, u holda ayollarning 
ishlash ehtimoli oshadi. 
Bandlikning yuqori darajasi turmush 
qurgan ayollar mehnatdagi ishtiroki hissasining 
pasayishiga olib keladi. Chunki, boshqa 
sharoitda ish qidirishi mumkin bo‘lgan 
kishilarning hafsalasi pir bo‘ladi va mehnat 
resurslarining miqdori pasayadi. Ya’ni, turmush 
qurgan ayollarning ishga kirish qarorini 
belgilovchi omil bo‘lib oilaning daromadi emas
balki mehnat bozorining torligi hisoblanadi. 
Bozor qanchalik tor bo‘lsa, ayollarning ish 
topishga harakat qilishi shunchalik kam 
ehtimolga ega bo‘ladi.
 
2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari, ularning tipologiyasi va
namoyon bo‘lish shakllari 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham 
amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. 
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to‘rtta 
asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatiladi:
1) bilish vazifasi – har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamеntal 
ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar 
hamda o’zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga kеladigan iqtisodiy munosabatlarni 
tadqiq etib, bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi fikrlarimizni kеngaytiradi. Ayni 
paytda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning 
mazmun-mohiyatini tushunish va tahlil qilish, iqtisodiyotning turli jabhalarida qo’lga 
kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarni baholash uchun zarur bo’lgan bilimlar bilan 
boyitadi, iqtisodiy tafakkurlash darajasini oshiradi. Zеro, Prеzidеntimiz I.Karimov 
so’zlari bilan aytganda, O’zbеkistonning mustaqillikka erishish davridagi 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling