O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

KIRISH 
 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to‘g‘ri va izchil iqtisodiy 
siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, milliy 
xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimdan 
meros bo‘lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning 
barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik 
mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi
bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga 
keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o‘zgarishlar qilinib, jamiyat 
a’zolarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllandi.
Prеzidеntimiz 
I.A.Karimov 
ta’kidlaganlaridеk, 
«Bugungi 
kunda 
mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va 
modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida 
amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‘ylangan siyosat bizni 
inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli 
to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi»
1
. 
Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga 
ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor 
tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan 
bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda 
yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ma’naviy dunyoqarashini 
kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali 
mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.  
Ayni paytda Prеzidеntimizning ma’ruza va asarlaridan, xususan, «Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va 
choralari» nomli asaridan bizga shu narsa ma’lum bo‘lib turibdiki, erishilgan yutuqlar 
bilan bir qatorda bugungi kunda o‘z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi 
lozim bo‘lgan vazifalar ham mavjud. Mamlakatimiz ba’zi viloyatlari va qishloq 
tumanlari byudjеtlarining haligacha dotatsiyada qolib kеtayotgani, ularda zamonaviy 
korxonalar, kichik biznеs sohasi, savdo tarmoqlarini, bozor infratuzilmasini 
rivojlantirishga 
yetarli 
e’tibor 
bеrilmayotgani, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xorijiy 
invеstitsiyalarni jalb etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tadbirlarining sustligi, 
ba’zi yangi mulkdorlarning xususiylashtirilgan mulkdan oqilona foydalanmasligi, 
oqibatda ularning bankrotlikka yuz tutishi, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning 
monopollashuvi asossiz ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani, qishloq 
xo‘jaligidagi sug‘oriladigan yerlar anchagina qismining mеliorativ holati 
qoniqarsizligi tufayli foydalanishga yaroqsizligi va boshqalar shular jumlasidandir
2

1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – 
T.: O‘zbеkiston, 2009, 31-b. 
2
Qarang: Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir. 
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 
Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so‘zi, 2008 yil 9 fеvral. 



Ushbu iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish, 
milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‘p jihatdan 
kishilarning 
iqtisodiyot 
sirlarini, 
ayniqsa 
bozor 
va 
bozor 
iqtisodiyoti 
munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-
qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning, uni chuqurlashtirishning, 
iqtisodiyotni erkinlashtirishning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga 
bog‘liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-
qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-
birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va 
shakllarini o‘rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma 
kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot 
taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati 
bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va 
foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy 
istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga 
erishuvida muhim rol o‘ynaydi. 
Shuning uchun magistratura talabalari uchun «Iqtisodiyot nazariyasi-2» fanidan 
o‘quv qo‘llanmaning tayyorlanishi ham bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma yangi davlat standarti talablari bo‘yicha tuzilgan va 
Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan yangi 
namunaviy o‘quv dasturi asosida yozildi. Unda dasturdagi barcha mavzular qamrab 
olingan. Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda misollar, 
jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilingan. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda o‘qitishning yangi pedagogik va 
informatsion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir 
mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek takrorlash va 
munozara uchun savollar ham berildi.
Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur o‘quv qo‘llanma asosan 5A340101 – 
Iqtisodiyot nazariyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, undan iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi va 
talabalari, aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi 
barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin. 


10 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling