O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


«…tahlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni ko’zda tutib, qanday


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

«…tahlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni ko’zda tutib, qanday 
amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, 
mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kеrak bo’lsa, istiqlol o’zbеk xalqiga 
tuhfa tariqasida bеrilmagani – bularning barchasi haqida har taraflama chuqur 
yoritib va isbotlab bеradigan izlanish va tahlil bugungi kunda ham o’zining 
dolzarbligi va ahamiyatini yo’qotmaganini qayd etishimiz zarur»
8

2) amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan 
resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va shu asosda o‘sib 
7
Jadval quyidagi manba asоsida tuzilgan: Pindayk Rоbеrt, Rubinfеld D. Mikrоiqtisоd. – Оliy o‘quv yurtlari uchun 
qo‘llanma. – T.: «Sharq», 2002. – 11-13-b. 
8
O’zbеkistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. Prеzidеnt Islom Karimovning O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy 
Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prеzidеnt Dеvonining O’zbеkiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma 
majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2007 yil 31 avgust, 1-bеt. 


13 
boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib
cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab 
chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo‘yicha xarajatlar 
miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, 
resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishdan iboratdir; 
3) uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘zi, tahlili va uning 
tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va 
tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi; 
4) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning 
yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy 
dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, 
ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni 
ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir 
bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‘tarish ruhida 
tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson 
mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan 
resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.
«Zaminimizda yashayotgan odamlarning munosib va erkin, faravon hayotini 
ta’minlash, har bir kishi huquq va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun barcha 
zarur sharoitlarni yaratish - jamiyatimizni isloh qilish va yangilash paytida oldimizga 
qo‘yayotgan g‘oyat muhim vazifalardandir»
1
. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi 
aholini ish bilan ta’minlash, pulning qadrsizlanishi oldini olish, aholini ijtimoiy 
himoya qilish yo‘llarini ko‘rsatib berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi fani 
makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko‘rsatkichlari, omillari 
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni, iqtisodiy o‘sish yo‘llarini aniqlab ko‘rsatadi va davlatning 
ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. 
Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl 
va mazmun o‘zgarishlarini, ichki bog‘lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-
qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi 
mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o‘rgatishdan 
iboratdir. 
Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va tarbiyaviy 
tomonlari bir–biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga 
ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan 
ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. 
Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va 
hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‘llanmadir. 
«Pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot 
qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch quvvat manbai, 
ilmiy asos - bu milliy g‘oya, milliy mafkuradir»
2
. Shu aqidadan kelib chiqib, 
iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, 
1
Karimоv I.A. Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi. T-5. -T.: «O‘zbеkistоn», 1997. 179-bеt. 
2
Karimоv I.A. Оzоd va оbоd Vatan, erkin va farоvоn hayot - pirоvard maqsadimiz. T.: «O‘zbеkistоn», 2000. 463-bеt. 


14 
ularning dunyoqarashini o‘zgartirish»
3
vazifasini ham bajaradiki, bu iqtisodiyotni 
isloh qilish sohasidagi strategik maqsadlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Prezidentimiz 
Islom Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «Jamiyatda hayotga, o‘zgarishlarga befarq 
qaraydigan loqayd kimsalar bo‘lmasligi kerak. Bu taraqqiyotimizni orqaga surib 
yuboradi. Inson buyuk, ezgu orzular bilan yashasin. Uni nafaqat mamlakat, balki 
jahonda ro‘y berayotgan hodisalar qiziqtirsin. Dunyoqarashi, ongi chegaralanib bir 
qolipda qolmasin. Milliy g‘urur, istiqlol mafkurasi g‘oyalari unga doim hamroh 
bo‘lsin»
1

Bu 
maqsadga 
erishish 
uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fani 
Prezidentimiz I.A. Karimovning so‘zlagan nutq va ma’ruzalarida, asarlarida ko‘rsatib 
berilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri tamoyillarini, o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini, 
o‘zining iqtisodiy qonunlarini, yo‘l-yo‘riqlarini, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi 
qabul qilgan qarorlar asosida mamlakatimiz oldida turgan iqtisodiy muammolar va 
vazifalarning chuqur tahlilini, uni yechish yo‘llarini yoritmog‘i, o‘tish davri 
iqtisodiyotining xususiyatlari, ko‘p ukladli iqtisodning, turli shakldagi mulkchilikning 
vujudga kelish yo‘llari, usullarini ko‘rsatib bermog‘i lozim. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling