O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


-BOB. IQTISODIYOT NAZARIYASI PREDMETI VA ASOSIY


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

1-BOB. IQTISODIYOT NAZARIYASI PREDMETI VA ASOSIY 
YO‘NALISHLARINING METODOLOGIK MUAMMOLARI 
Mazkur bob iqtisodiyot nazariyasi fani predmetining kontseptual masalalarini 
o‘rganish bilan boshlanadi. Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar va 
nazariyalarning umumiy bayoni qisqacha beriladi. Bu yerda iqtisodiyot va uning bosh 
masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy 
fanlar ichida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va 
kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini yoritib berishga alohida o‘rin 
beriladi. 
Bob so‘ngida iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullari, ularning mazmuni va 
qo‘llanish xususiyatlarini ochib berishga alohida e’tibor qaratilgan. 
 
1. Iqtisodiyot nazariyasi fani predmetining kontseptual masalalari 
Iqtisodiyot nazariyasi fani predmetini o‘rganishda unga taalluqli mavzularni 
alohida bo‘limlarga ajratilishi mazkur muammolar to‘g‘risida yanada kengroq, izchil 
va to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Shunga ko‘ra, bakalavriat 
yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida 
to‘rtta asosiy bo‘limni ajratib olgan edik: iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari; 
bozor iqtisodiyoti nazariyasi; milliy iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)ning amal qilish va 
rivojlantirish qonuniyatlari; jahon xo‘jaligi.
3
Hozirgi sharoitda iqtisodiyot nazariyasi 
fani bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bunday asosiy bo‘lim yoki qismlarga 
ajratishga turli mualliflar tomonidan turlicha yondashilmoqda. Jumladan, A.Bulatov 
tahriri ostida nashr etilgan darslikda quyidagi bo‘limlar ajratib ko‘rsatilgan: 
iqtisodiyot nazariyasining asoslari; mikroiqtisodiyot; makroiqtisodiyot; o‘tish davri 
iqtisodiyoti nazariyasi; jahon xo‘jaligi.
4
ye.Borisov tomonidan tayyorlangan darslikda 
esa bu bo‘limlar quyidagi ko‘rinishda bayon etilgan: iqtisodiyotga kirish; iqtisodiy 
munosabatlar tizimi; mikroiqtisodiyot; mezoiqtisodiyot; makroiqtisodiyot; jahon 
iqtisodiyoti.
5
Bundan ko‘rinadiki, ko‘pchilik darslik va o‘quv qullanmalarda 
mavzularni bo‘limlarga ajratishda ma’lum darajada erkinlik mavjud bo‘lsada, 
mazmun va mohiyat jihatidan umumiy tavsif kasb etuvchi yondashuvlar ham 
uchraydi. Shulardan biri – iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishga 
iqtisodiyotning turli darajalaridan kelib chiqqan holda yondashuv hisoblanadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot nazariyasi mutaxassisligidagi magistratura 
talabalariga mo‘ljallanganligi hamda unda bakalavriat kursidagi nazariy muammolar 
nisbatan kengroq va chuqurroq darajada o‘rganilishi zarurligini hisobga olib, barcha 
mavzularni ikki – mikrodaraja va mikrodarajadagi iqtisodiy tizim nuqtai nazaridan 
ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. 
3
Qaralsin: Shodmonov Sh. Sh., G’afurov U.V. “Iqtisodiyot nazariyasi” (darslik). – T., “Fan va texnologiya” nashriyoti, 
2005. 
4
Qaralsin: Ekоnоmika: Uchеbnik. 3-е izd., pеrеrab. i dоp. / Pоd rеd. d-ra ekоn. nauk, prоf. A.S.Bulatоva. – M.: 
Ekоnоmist, 2005. 
5
Qaralsin: Bоrisоv Ye.F. Ekоnоmichеskaya tеоriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dоp. – M.: TK Vеlbi, Izd-vо Prоspеkt, 
2005. 


11 
Ma’lumki, iqtisodiyot asosan ikki sohaga bo‘linadi: mikroiqtisodiyot va 
makroiqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot o‘z ichiga quyidagi alohida iqtisodiy subyektlar 
faoliyatini oladi: 
1. Xo‘jalik yurituvchi subyekt – iste’molchilar, ishchilar, kapital egalari, 
zamindorlar, firmalar va hokazo. 
2. Alohida bozorlar – ishlab chiqarish vositalari bozori, ishchi kuchi bozori, 
iste’mol mollari bozori va hokazo. 
3. Alohida tarmoqlar – sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va hokazo. 
Makroiqtisodiyot esa umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bilan 
bog‘langan (mamlakatdagi ishsizlik, inflyatsiya darajasi, foiz stavkasining o‘zgarishi, 
iqtisodiy o‘sish sur’ati va boshqalar) yaxlit milliy xo‘jalikni qamrab oladi. Biroq, 
keyingi vaqtlarda mikro- va makroiqtisodiyot o‘rtasidagi chegara yo‘qolib bormoqda. 
Sababi, makroiqtisodiy tahlil o‘z navbatida mikrodarajadagi tahlilning uzviy 
davomiga aylanib bormoqda. Shuningdek, ba’zi bir olimlar tomonidan mikro- va 
makroiqtisodiyotning ba’zi bir belgi va jihatlarini umumlashtiruvchi oraliq daraja – 
mezoiqtisodiyotni alohida ajratib o‘rganish zarurati to‘g‘risidagi fikrlari ham 
uchramoqda.
6
Mikroiqtisodiy tahlilda ham asosiy o‘rinni nazariy qoidalarning ishlab chiqilishi 
egallaydi. Mazkur nazariy qoidalar asosida iqtisodiy hodisa va jarayonlar asoslab 
beriladi va prognoz qilinadi. Nazariy tahlil oddiy taxminlardan boshlanadi.
Iqtisodiy nazariya, boshqa ilmiy nazariyalar singari, doimo ham mutlaq 
aniqlikka 
ega bo‘lmaydi. Nazariyaning foydaliligi va ahamiyati uning 
o‘rganilayotgan hodisani qay darajada muvaffaqiyatli tushuntirib va prognozlab 
berishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu maqsadda doimiy ravishda nazariya amaliyot bilan 
tekshirilib turadi. Bunday tekshiruvlar natijasida nazariyalar o‘zgartirilib, 
takomillashtirilib turadi, ba’zida ulardan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Nazariya barcha hodisalar uchun bir xilda mos tushavermaydi, balki aksari 
hollarda hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri ifodalab beradi. 
Jumladan, R.Pindayk va D.Rubinfeldlarning «Mikroiqtisodiyot» nomli kitobida 
2 xil o‘zaro bog‘liq nazariyaning muammoning yechimini topishdagi qo‘llanishi 
misol tariqasida keltiriladi (1-jadval): 
Bu nazariyalardan qay biri to‘g‘riligini tekshirish maqsadida AQSHning turli 
shaharlarida ishsizlar umumiy soniga nisbatan turmush qurgan ayollarning bandlik 
darajasini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar o‘rganib chiqilgan. Tadqiqotlar ishsizlikning 
yuqori darajasi turmush qurgan ayollarning ishlovchilar umumiy sonidagi ulushining 
pastligi bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan. Xususan, ishsizlar umumiy sonining 1%ga 
o‘sishi turmush qurgan ayollarning ishlovchilar tarkibidagi ko‘rsatkichini 1,4%ga 
pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, bu o‘rinda ma’lumotlar «Rad etilgan ishchi» 
nazariyasini tasdiqlaydilar. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling