O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


d) tabiiy-geografik sharoitlar


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

d) tabiiy-geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga ta’sir 
qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda 
hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak, uy va 
transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi; 
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar. Masalan, tarixan shakllangan milliy 
va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga xos 
ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. 
e) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar ham ehtiyojlarga 
ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi. 
f) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular 
o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng tarqalishiga olib 
keladi. 
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, 
mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq 
qilib, yengil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash 
muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadilar. Ko‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi
o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar 
bo‘lmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli ta’sir qiluvchi omillar shundan 
iboratki, murakkab, og‘ir va yengil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar 
ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin 
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. 
Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, keng reklamaning ta’siri va 
savdoning rag‘batlantirishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi. 
Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va 


25 
korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va o‘sib borishi 
tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to‘xtovsiz o‘sib borishi iqtisodiy qonunda o‘z 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling