O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


hayotiy faoliyatlarini ta’minlashda qo‘llaniluvchi moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

hayotiy faoliyatlarini ta’minlashda qo‘llaniluvchi moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar 
va xizmatlarga bo‘lgan zaruratdir.
Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari ehtiyojlarini 
ham o‘z ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, 
ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak. 
Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks 
ettirib, avtomobil va temir yo‘llari, maktablar, kasalxonalar qurilishiga xizmat qiladi. 


24 
Ma’naviy ehtiyojlar kishilarning moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, bilim 
va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, har 
xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning 
tabiatiga va uni qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bog‘liq. Shunday buyum va 
xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim 
olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport 
o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular 
jumlasidandir. 
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar: 
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada 
qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti yuqori 
darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng va xilma-xil bo‘ladi; 
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Agar jamiyatdagi tuzum bozor 
iqtisodiyoti yoki kapitalistik tartiblar asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar 
boylar va kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar 
ehtiyojlari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, 
noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning ehtiyojlari o‘z 
hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi; 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling