O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127
dasturxoni sindromi, ya’ni ko‘p miqdorda ichilgan alkogol ta’sirida hayotda 
ko‘z yumadilar.  
4. Homilada alkogol sindromi. Alkogol bilan bog‘liq bo‘lgan barcha 
kasalliklar va noxush oqibatlar ichida homilaga yetkazilgan zarar – jamiyat va 
shaxsga eng uzoq vaqt ta’sir o‘tkazadigan salbiy jarayondir. Embrionlik davrida 
rivojlanadigan murakkab modellar bosh miyani alkogol kabi neyrotoksik 
moddalarga juda sezuvchan qilib qo‘yadi
59
. Homiladorlik davrida iste’mol qilingan 
alkogol hali dunyoga kelmagan jonzodga salbiy ta’sir o‘tkazishi ko‘p 
madaniyatlarda ta’kidlanadi. Ayrim olimlarning qadimgi yozuvlardan olgan 
dalillarida, qadimgi Isroilda Filistin zulmiga qarshi kurashgan ibroniy askari 
Samsonga onasining bergan ogitini keltiradi: “Siz homilador bo‘lib, o‘g‘il farzand 
dunyoga keltirasiz. Shunday ekan, sharob ichishdan va noma’qul narsalar 
iste’mol qilishdan o‘zingizni tiying” (Hukm 13.7).
Yana bitta misol tariqasida Arastuning quyidagi jumlasini olishimiz 
mumkin (asrimizdan oldingi 384-322-yillar): “Kaltafahm, ichuvchi va tovuq-miya 
ayollar o‘zlariga o‘xshagan ma’yus va so‘ligan bolalarni dunyoga keltirishadi”. 
Ancha davrdan so‘ng, o‘n sakkizinchi asrga kelib esa, Gin Graze Shifokorlar 
Uyushmasi Britaniya Quyi Palatasiga bergan axborotnomasida alkogol “haddan 
59
Joya X et al. Determination of maternal-fetal biomarkers of prenatal exposure to ethanol: a review. J Pharm Biomed Anal. 
2012;69:209–22. 


232 
tashqari zaif, nimjon va mantiqsiz bolalar tu’gilishiga sabab bo‘lmoqda” deb 
xabar bergan.
Alkogolning homilaga salbiy ta’siri haqida ilk bor klinik xulosalar 1899-yil 
Villiam Sallivan tomonidan qamoqxonalardagi ayollarning zurriyodlarini 
kuzatishlari natijasida e’lon qilgan taqdidot ishida tilga olingan. Dahshatlisi 
shundaki, u kuzatuv ostiga olgan 600 ta chaqaloqdan 56 % yoki tug‘ilmasdan, 
yoki hayotining ilk 2 yili davomida nobud bo‘lishgan. Shifokorning kuzatuvlari 
xulosasi shu bo‘ldiki, tirik qolgan bolalarda keyinchalik alkogolning ta’siri 
yaqqol namoyon bo‘lib, ular jamiyatning foyda keltiradigan to‘laqonli vakillari 
qatoriga qo‘shila olishmagan. Bu tadqiqotlarga qaramasdan, alkogolning homila-
ga ta’siri keng omma orasida doimiy e’tiborni o‘ziga tortib keldi.
Vashington Universiteti olimlari Smith va Joneslar 1973-yilga Sietlda 
o‘zlarining “homilada alkogol sindromi” (HAS) haqida maqola nashr qilishga-
nidan so‘ng esa, ingliz tili dunyosida bu kasallik yanada ko‘proq bahslarga sabab 
bo‘ldi. Alkogolga mubtalo bo‘lgan insonlar farzandlari bo‘lgan 8 ta alkogoldan 
zaharlangan bola tanlab olinib, ulardagi kasallik belgilari va simptomlari chuqur 
o‘rganib chiqilgach, mualliflar xulosasi quyidagicha bo‘lgan: “Onadagi alkogolizm 
homilaning rivojlanishiga jiddiy salbiy ta’sir o‘tkazadi, deb aytishimiz uchun 
bizdagi ma’lumotlar yetarli bo‘ladi”. Mualliflar hatto 1968-yilda Lemuan tomoni-
dan Fransuz tilida nashr qilingan ivrit tadqiqotini ham misol qilib keltiradi.
Hozirgi kunga kelib ham HAS bu sindromni to‘liq anglatsa ham, zamonaviy 
adabiyotlarda inson rivojlanishida alkogol zarari tashhisining murakkabligini 
ifoda qilish uchun homilada alkogol spektri buzilishlari termini ko‘p qo‘llaniladi. 
Tadqiqotlarning boshlanishidayoq mutaxassislar HAS ning asosiy uchta oqiba-
tini aniqlashgan. Bular: bosh va yuz suyaklari anomaliyasi, o‘sishdan to‘xtash va 
asab tizimi rivojlanishida yetishmovchiliklar. 
Bu birlamchi tasnif o‘zgarishsiz qolar ekan, keyingi olib borilgan kuzatuvlar 
alkogol ta’sirining yana boshqa oqibatlarini ham aniqladi. HAS bugungi kunga 
kelib turli ichki a’zolar funktsiyasining buzilishi hamda homilaning nobud 
bo‘lishini ham o‘z zimmasiga oldi. Bundan tashqari, alkogol ta’sirida kelib 


233 
chiqadigan bu an’anaviy uchta oqibat aniq bo‘lishiga qaramasdan, neonatal 
(chaqaloq) pediatrlari alkogolning unchalik aniq bo‘lmagan holatlarini aniq-
lashda qator qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. HAS ga noto‘g‘ri tashhis qoyish 
hollari ham ko‘p uchrab turadi.
HAS ni to‘g‘ri tashhislay olishga to‘sqinlik qiladigan yana bitta muammo 
shuki, bolaga ona tomonidan bo‘lgan vositasiz ta’sir, ya’ni yomon ovqatlanish 
yoki qon-tomir kasalliklari bo‘lishi mumkin. HAS tashhisi sifatini yaxshilash 
maqsadida onaning alkogol iste’mol qilishini tekshiradigan biomarkerlar 
qo‘llanilmoqda. So‘nggi yillar davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuki, 
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning birinchi axlatidan oksidlanmagan etanol 
metabolizmi metaboliti darajasi alohida e’tibor ostiga olinishi kerak bo‘lgan 
bo‘lalarni aniqlab berish mumkin (9.2-rasm). 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling