O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.1. Tamaki tarixi
10-BOB ODDIY TOKSIKOLOGIYA (ZAHARSHUNOSLIK) II: TAMAKI Tamaki chekuvchilar har kuni tamaki tutunini ichlariga tortganida, minglab ksenobiotiklardan (inson tanasiga va tabiatga begona bo‘lgan, sun’iy modda) tashkil topgan toksik (zaharli) kokteyl tamaki tutuni-ning murakkab kimyoviy tarkibi ham chekuvchilarning ichiga kirib boradi. Tabiiyki, chekish o‘z ortidan bir necha kasalliklar, jumladan, saratonli va saratonsiz holatlarni ham yuzaga keltiradi. Ulardan biri efizemadir. O‘pka saratoniga sabab bo‘luvchi tutunning tarkibiy qismiga olimlar ko‘pdan buyon qiziqib kelishgan va asosiy e’tibor o‘pka saratonini qo‘zg‘atuvchi va uni rivojlanishini ta’minlaydigan kanserogen moddalarga qaratilgan. Tamaki tutuni tarkibidagi asosiy kansеrogenlar tarkibiga polisiklik (ko‘p halqali) aromatik ulgevodorod, nitrozaminlar, aromatik aminlar va efir organiklari kiradi. Bularga misol tariqasida 1,3-butadienni ko‘rsatish mumkin. NNN (nitrozonornikotin) va NNK (nikotindan hosil bo‘lgan nitrozamin keton) kabi tamakisimon nitrozaminlar o‘zining kuchli kanserogenlik hususiyatlari sababli alohida e’tiborni tortadi. Ularning har ikkisi nikotin nitrozat ioni, ya’ni nevrostimulyatorli nikotiana o‘simligidan tayyorlanadi va u chekuvchilarda tamakiga o‘rganib qolish odatini hosil qiladi. NNN va NNK kabi boshqa tamaki tutuni kanserogenlari ham katalizatsiyalangan bioaktivatsiya orqali DNK - buzuvchi metabolitlarni yuzaga keltiradi. DNK ni o‘ziga o‘rgatuvchi 236 moddalar shu va shu kabi boshqa zararli metabolitlar chekuvchilarning o‘pkasidagi o‘sishni tartibga soluvchi genlarning mutatsiyalanish jarayonini hosil qiladi. 10.1. Tamaki tarixi 1492-yilning oktabr oyida Xristofor Kolumbning jamoasi Janubiy Amerikaliklar bilan birgalikda tarixiy hodisaga duch keladilar. “Mahalliy aholi”, deya yozadi Kolumb, “mevalar, yog‘och nayzalar va g‘alati hid tarqatuvchi allaqanday quritilgan barglarni olib kelishdi”. Kolumb jamoasi avvaliga barglarga qiziqmagan ersada, ayrim ziyrak jamoadoshlari mahalliy aholi ushbu tamaki barglarni ardoqlashini payqashgan va uning sirli xususiyatlari bor yo‘qligiga katta qiziqish bildira boshlashgan. Kolumbning ikkinchi sayohati ishtirokchisi bo‘lmish Ramon Peyn Ispaniyaga qaytishi chog‘ida nikotiana daraxtini olib kelish orqali, ba’zida, nikotianani Yevopraga tanishtirgan ilk shaxs, deb hisoblanadi. Uning qo‘lyozmalarida tamaki o‘simligi va uni qanday qilib qo‘llash (hidlash yoki trubka ichiga joylab chekish) haqidagi uzundan-uzoq tafsiltolar o‘rin olgan. Ramon Peynning ushbu zararsizdek ko‘ringan tadqiqotlari Yevropa mada- niyati va tamaki o‘rtasidagi bog‘liqlik, ya’ni keyinchalik millionlab odamlar- ning hayotiga zomin bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. 60 Vaqtlar o‘tishi bilan, suvliklar orqali sayohatga chiquvchi yevropaliklar tamaki o‘simligini yetishtirish uchun yaxshiroq iqlim qidirib Afrika, Yaponiya va Osiyoga yo‘l oladilar. Biroq tamaki yetishtirish industriyasi u paytlarda sekin rivojlangan, chunki tamaki iste’moli dengizchilardan boshqa odamlar orasida unchalik keng tarqalmagan edi. Vaqt o‘tishi bilan tamakining tish og‘rigi, gijja va boshqa dardlarni davolovchi tibbiy xususiyatlari haqida tarqalgan mish-mishlar tufayli tamaki mashhur bo‘lib ketadi. Tamaki yetish- tirish Virjinya va Karolina kabi Amerika janubidagi koloniyalar iqtisodining 60 Glynn T et al. The globalization of tobacco use: 21 challenges for the 21st century. CA Canker J Clin. 2010;60:50–61. 237 asosiy manbasiga aylanadi. Uning qo‘llanilish turlari ham ko‘paya boradi: trubka orqali chekish XVII asrda ommalashgan bo‘lsa, XVIII asrda «Hidlash asri» va XIX asrda «Sigara asri», deya e’tirof etiladi. Qrim urushi davrida Britaniyalik askarlar turklardan tamakini qogozga o‘rab chekish uslubini o‘zlashtirib olishadi va ushbu uslub 1881-yilda Jeyms Bonsak sigareta yasovchi qurilma ixtiro qilgach yuqori darajada ommalashib ketadi. Birinchi yilda Jeyms Dyuk bilan birgalikda Bonsak zavod qurib o‘n million dona sigareta ishlab chiqazadi. Besh yildan so‘ng esa, «Amerikan Tobakko Company» bir yilda bir milliard dona sigareta ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘ladi. Ular o‘z sigaretalarini kichkina yog‘och qutilarda sotish- gan va quti ichida mashhur beysbol o‘yinchilar surati tushirilgan beysbol kartalari bo‘lgan. Birinchi va Ikkinchi Jahon urushi davrida sigareta-ning harbiylar orasidagi ommalashuvi uning Yer yuzi bo‘ylab misli ko‘rilmagan ravishda tarqalishiga olib keladi. 61 Ushbu davrda endi ayollar ham keng ko‘lamda chekishni boshlaydilar. Sigaretalarning bu qadar omma-lashuvi odamlar hayotida sigara, trubka, hidlanadigan va chaynaladigan tamaki barglari o‘rnini egallaydi (10.1-rasm). O‘ziga o‘rgatib qoyuvchi moddaning savdosidan keladigan tushumga qo‘yiladigan soliqdan katta foyda ko‘rish mumkinligini anglagan hukumatlar uzoq yillar davomida tamaki yetishtiruvchi kompaniyalar bilan muzokaralarda qiyinchiliklarga duch kelishgan. “Agarda siz menga tamakidek katta foyda kelti- ruvchi biror bir yaxshi xislatni ko‘rsatsangiz, men shubhasiz, tamakini darhol taqiqlab qoyaman”, deya qat’iy farmoyish bilan chiqqan edi Napoleon III. Bugungi kunda, bir tomondan tamaki savdosiga qo‘yiladigan aksiz solig‘i va tariflar borligi paytda, ikkinchi tomondan o‘sha soliqlardan tushadi- gan mablag‘lar evaziga hukumat tomonidan chekishga qarshi kurashni moliya- lashtirilishi nizoli holatga sabab bo‘lmoqda. Bu kabi nizolar tamakining ko‘pgina davlatlarga soliqsiz yoki noqonuniy kontrabanda yo‘llari bilan 61 Giovino GA. The tobacco epidemic in the United States. Am J Prev Med. 2007;33(Suppl):S318–26. 238 kirib kelishiga sabab bo‘ladi. Umumiy olib qaraganda esa, dunyoda qo‘llani- layotgan tajribalarga nazar solinsa, tamakiga qo‘yiladigan soliqning oshirlishi haqiqatdan ham yosh iste’molchilarning chekishga o‘rganib qolishini oldini oladi. Sport musobaqalaridagi sigaretaning reklamasi va yoki sport muso- baqalarining tamaki ishlab chiqazuvchilar tomonidan moliyalashtirilishining kamaytirilishi va tamaki qutisiga joylashtiriladigan ogohlantiruvchi suratlar va ogohlantiruvchi yozuvlar ko‘pgina davlatlarda tamaki iste’molining qisqarishiga olib keldi. Shu bilan birgalikda, sigareta tutuning atrofdagilarga zarari haqidagi yangi dalillar tufayli ommaviy joylarda chekishning taqiqlanishi ko‘p davlatlarda tamaki iste’moli so‘nggi o‘n yilliklarda 20-40 % tushishiga sabab bo‘ldi. Bundayin o‘sishga qaramay, biroq baribir ko‘pgina davlatlarda chekish o‘limga olib keluvchi asosiy sabab emas bo‘lib qolmoqda. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling