O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Toksikantlarning asosiy oqibatlari
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
10.4. Toksikantlarning asosiy oqibatlari
Chekuvchilar har kuni minglab zaharli moddalarni o‘pkalariga, yot moddalarning so‘rilishiga kam miqdorda to‘siq qo‘yadigan organga yutishlari bois sog‘liqqa oid har xil natijalarning bu odat bilan hamrox bo‘lishi hayrat- lanarlimasdir. Muqobil ravishda, ommaning tamaki tutunining zararli ta’sirlaridan xabardorligi uzoq davom etadigan tushunchadir – sigaretlar dastlab xalq orasida “kafan tirnoqlari” tarzida yuritilgan. Biroq, biologik va kimyoviy jihatdan besaranjomliklarga sabab bo‘luvchi tamaki iste’moli kabi sog‘liqqa xavf soluvchi omillarning d arajasi faqat o‘tgan o‘n yilliklardagina ma’lum bo‘ldi. 243 10.2-rasm. Atrof-muhitga chiqarilgan tamaki yonish jarayonida berk hududda to‘plangan tutun o‘pkadan chiqarilgan sigaret tutuni (kichik komponent) va havodagi sigaret tutuni (katta komponent) ni puflanayotganda sigaret qog‘ozi orqali tarqalayotgan tez uchuvchi moddalarning qo‘shgan hissasi bilan birgalikda o‘z ichiga oladi. Darhaqiqat, so‘nggi kashfiyotlar yordamida zamonaviy tibbiyotga ma’lum bo‘lgan, chekish xavflilik darajasini oshirib yuboradigan surunkali sog‘liqqa oid besaranjomliklar deyarli uchramaydi, deb xulosa qilsak biroz bo‘rttirish bo‘ladi. Quyida ehtimolligi mavjud bo‘lgan barcha jarayonlarni tadqiq qilmasdan, tanlab olingan toksikologiyaga oid ba’zi o‘zgarishlarga e’tiborimizni qaratamiz. 1. Yurak qon-tomir kasalliklari. Epidemiologlar ancha oldin chekish- ning insult, ateroskleroz va yurak tomirlari arterial kasalliklariga bog‘liq xavflarini ochishgandi. Dastlab bu bog‘lanishlar alohida kashanda boshidan o‘tkazgan xavflarni o‘rgandi, biroq so‘nggi epidemiologik tekshiruvlar atrof- muhitga chiqarilgan yoki ikkilamchi tutunning chekmaydiganlarda ham yurak 244 qon-tomir kasalliklarini keltirib chiqarishdagi rolini tadqiq etdi. Misol uchun, kasalxonaga tushish shahar joylarda yig‘ilgan ma’lumotlari shuni ma’lum qiladiki, ikkilamchi tutun xavfi chekmaydigan kishilarda yurak qon-tomirlari kasalliklariga chalinish xavfini 25-30% ga oshirib yuboradi. 63 Bir necha pro-aterogenik mexanizmlarning qonda trombotsitlarning oshib ketishi, zichligi past bo‘lgan lipoproteinlarga oksidlanishdan kelgan zarar, mashq qilish qobiliyatining tushib ketishi, zararlangan qon-tomirlarining kengayishi, yallig‘lanish o‘zgarishlari va noxushlikka sabab bo‘luvchi qon- tomir tuzatishlarini o‘z ichiga oladigan bu kuzatishlarga asos bo‘lish ehtimoli bor. Bu kashfiyotlar butun dunyo bo‘ylab shaharlarda tutundan holi jamoa muhitiga erishishda yoqilg‘i qonunchiligi urinishlariga yordam berdi. Bu urinishlar yurak tomirlari xurujlari holati uchun tez yordam kirishlarini isbot qilib bo‘ladigan darajada 15-20 % ga qisqartirishga erishdi. Bu ma’lumotlar sog‘lom turmush tarzini oshirish uchun qilinayotgan tamakining miqdorini kamaytirishga qaratilgan urinishlarni ta’kidlaydi. 2. Ikkinchi tipdagi diabet. Insoniyat ustida o‘tkazilgan tekshiruvlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, uzoq vaqt davomida chekish har bitta chekilgan sigaret soniga muqobil tarzda diabetning ehtimolligi ham oshib boradigan dozasiga qarab ta’siri ortadigan 2-tur diabet xavfini oshirib boradi. Bir necha jarayonlar chekuvchi va chekmaydigan kishilar o‘rtasida tanadagi yog‘larning parchalanishidagi farq, tamaki tutuni-ning antiestrogenlik xususiyatlarini o‘z ichiga oladigan bu kasallikka bog‘liq holatlarga asos bo‘lishi mumkin. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqiotlar ham nikotinning apoptos va insulin saqlovchi pankretik β hujayralarda funksiyaning buzilishini keltirib chiqarishi aniqlandi. Tamaki tutunida uchraydigan asosiy kanserogen modda bo‘lgan NNK ham qondagi shakar miqdori regulyatsiyasiga zarar yetkazib pankretik zaharlanishni keltirib chiqaradi. Chekish sur’atlarida qisqartirish- larni va’da qilayotgan bu bog‘lanishlar 2-tur diabeti va metabolik sindrom- 63 Boyle JO et al. Effects of cigarette smoke on the human oral mucosal transcriptome. canker Prev Res (Phila). 2010;3:266–78. 245 ning dunyo bo‘ylab osib borayotgan ulkan miqdorini kamaytirishi mumkin. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling