O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127
3. Surunkali o‘pka obstrukiv kasalliklari. Tamaki yonish jarayonidan 
hosil bo‘lib yutilgan moddalar yig‘iladigan joy bo‘lgani sababli inson o‘pkasi 
chekish bilan bog‘liq ko‘plab kasalliklar oldida ojiz hisoblanadi. Saraton bilan
bog‘liq bo‘lmagan o‘pkaga xavf soluvchi kasalliklar orasida surunkali o‘pka
obstrukiv kasalligi eng ahamiyatga molik hisoblanadi. SO‘OK davomiy nafas 
yetishmasligi va surunkali o‘pka yallig‘lanishi sababli o‘pka funksiyasining 
yomonlashuvini o‘z ichiga oladi.
SO‘OK bilan bir vaqtda bir necha kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin
(yurak xuruji, mushaklar bo‘shashishi, diabet, asabiylik, bakteriya infeksiyasi). 
O‘pka to‘qimalarining muttasil ravishda o‘zgarishi, chekishning tashlanishi 
SO‘OK simptomlarini faqat qisman o‘zgartiradi. SO‘OK hozircha dunyo 
bo‘ylab o‘limga sabab bo‘luvchi 4-asosiy kasallik va Butunjahon Sog‘liqni 
Saqlash Tashkiloti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakat-
larda chekish sur’atlarining o‘sib borayotganligi sababli global ahamiyatga 
molik tarzda oshib bormoqda.
Tamaki chekuvchi inson SO‘OK dan aziyat chekayotgan bir paytda 
o‘xshash sindromlar bolalarda uchraydigan astma, bolalarda o‘pka infeksiyalari,
chang va tutunga kasbiy holatlarda allergiya kabi o‘pka jarohatlarinng boshqa
shakllarini surunkali xavf solishi ham yuz beradi.
SO‘OK ning nafas olishdagi patofiziologiyasi asosan yallig‘langan 
hujayralarning “normal” chekuvchilarda uchraydigan bronxlar va periferal 
o‘pkaga past darajadagi tarqalishining bo‘rttirilgan ko‘rinishidir. SO‘OK ni 
boshdan kechirayotgan kashandalarning ozchilik qismida shilliq gipersek-
retsiyasi, kichik havo yo‘llarida tiqilish, kichik o‘pka doiralarida yuqori qon 
bosimi kabilar bilan birga uchraydigan to‘qimalarning o‘zgarish jarayoni 
bilan birgalikda kuzatiladi va orttiriladi. SO‘OK ning xususiyatlari bo‘lgan 
havo yetishmasligi va “nafas tiqilishi” asosan alveolalar devorlari ostidagi 
chetki nafas olishga oid havo bo‘shliqlarining o‘zgarmas kattalashishini aks 
ettiradi.


246 
SO‘OK patobiologiyasi murakkab bo‘lsa-da, ko‘plab chekuvchilarda 
kuzatiladigan “normal” yallig‘lanish bilan bog‘liq reaksiyasidan normal 
bo‘lmagan tug‘ma va orttirilgan immun reaksiyasiga o‘tishga neytrofil
makrofeyj va limfotsitlaning kirishida qatnashadigan protez-antiprotez va 
oksidant-antioksidant balansidagi nomutanosibliklar ehtimol ta’sir etadi. 
Yallig‘lanish jarayonida hosil bo‘ladigan birikmalar va boshqa to‘qimalar 
reaksiyalari bilan birgalikda, bu jarayonlar alveolalar zararlanishini va kichik 
havo yo‘llari funksiyasini o‘zgartirish orqali apoptoz va mexanizmlar muvaf-
faqiyatsizligini keltirib chiqaradi. Garchi tamaki tutuni tarkibida uchraydigan 
ko‘plab moddalar SO‘OK patogeniziga hissa qo‘shsa-da, akrolein irritanti bu 
kasallikning dastlabki bosqichlarida shilliq gipersekretsiyasi, yallig‘lanishdan
oldin sitoken ishlab chiqarilishi va metalloprotein aktivatsiyasini keltirib
chiqaradi. 
4. O‘pka raki. Richard Doll tomonidan ishlab chiqilgan o‘pka raki va 
chekish o‘rtasidagi ancha vaqt davomida shubha ostiga qo‘yib kelinayotgan 
avval hech qayerda e’lon qilinmagan epidemiologik dalillar bilan ta’minlaydigan 
yangi usullar yangi g‘oyalarni qamrab olgan mashhur Britaniyalik Doktorlar 
ishlariga ko‘ra, o‘pka rakini keltirib chiqaradigan eng muhim yagona omil yillar 
davomida muttasil chekish hisoblanadi. Ma’lumotlar shundan dalolat beradiki,
o‘pka rakining ko‘lami 45 yildan beri chekib keladigan kishilarda 15 yil 
davomida chekkanlardan 100 barobar ko‘proq uchraydi. Shuningdek, chekishni
boshlanishidagi yosh chekishning davomiyligiga kuchli ta’sir qilganligi sababli
erta boshlash ham erkak ham ayol chekuvchilarda o‘pka rakini keltirib 
chiqarishi muqarrardir.
O‘pka rakiga chekish davomiyligining muhimligini 50 yoshlarida, ayniqsa 
30 yoshlarida chekishni tashlagan kashandalar orasida saraton xavfidagi 
kuchli qisqarishni ko‘rsatadigan keyingi izlanishlar yanada qo‘llab-quvvatladi. 
Chekishni tashlagan kishilarga umuman chekmaganlardan ko‘ra bu kasallik 
ko‘proq xavf solsa-da, ular hamon chekishni davom ettirayotgan kashanda-
larga qaraganda anchagina kamroq xavf ostida bo‘ladilar. 


247 
Aholi o‘rtasida o‘tkazilgan tekshiruvlar shuni aniqladiki, garchi chekish 
davomiyligi bilan bog‘liq xavfdagi keskin o‘sish kam yoki ko‘p darajada 
chekuvchilarning har ikkalasi uchun ham hamon ahamiyatli bo‘lsa-da, kun 
davomida chekilgan har bitta sigaret soni o‘pka saratoni natijasiga hissa 
qo‘shadi. Tutundan tortishning qanchalik chuqurligi, har bir sigaretdan olinadigan 
puflashlar soni va tutunni o‘pkada qancha vaqt davomida tutib turish ham o‘pka 
saratonini kelib chiqishiga hissa qo‘shadi. 
O‘pka saratoni neoplastik kasallikning bir qancha alohida gistalogik 
shakllarini o‘zida ifodalaydigan tushuncha hisoblanadi. Epidemiologik tekshi-
ruvlar chekishning shilliq hujayra o‘smasi, adenokarsenoma, katta hujayra 
karsinomasi, kichik hujayraning farqlanmas karsinomasi kabilarni o‘z ichiga 
oladigan barcha asosiy turlari bilan bog‘liqligini aniqladi. O‘pka rakining har 
bitta turida kelib chiqish xavfining dozasiga qarab ortishi ham ifodalangan
(ya’ni, o‘ta kashandalarda o‘rtacha miqdorda chekuvchilarga qaraganda xavf-
ning yuqoriligi). 
Bu uzoq vaqtlar davomida yig‘ilgan ma’lumotlarga qaramay shunisi 
hayratlanarliki, ko‘plab chekuvchilar bu xavfli mashg‘ulotda qatnashishda 
davom etishmoqda: dunyo miqyosida har kuni chekish bilan bog‘liq bo‘lgan 
o‘pka rakidan qariyb 3000 o‘lim holatlari sodir bo‘lmoqda. Bugungi kunda AQSh 
da o‘pka saratoni o‘limlarining 90% ini tamaki chekishga bog‘liqligi taxmin 
qilinadi. O‘pka rakidagi individual tamaki konserogenlarining roliga quyida 
e’tiboringizni qaratsangiz. 
5. Siydik pufagi raki. Garchi bu bog‘liqlik o‘pka rakichalik kuchli 
bo‘lmasa-da, epidemiologik dalillar chekishning “pastki siydik trakti” ning 
asosan bachadonda, shuningdek, siydik chiqarish nayi, buyrak jomi va siydik 
chiqarish kanalida uchraydigan bir qancha saraton turlari bilan bog‘liqligini 
ta’kidladi. Bu o‘rinlardagi tamakiga aloqador o‘simtalar asosan uroteleyda
paydo bo‘ladi va o‘tkazuvchi hujayra karsinomasi yoki shilliq hujayra 
o‘smasidir.
Garchi siydik pufagi raki uchun dozaga qarab reaksiya qilish ko‘lami 


248 
o‘pka saratoniga qaraganda kamroq darajada bo‘lsa-da, turli xil aholi va etnik 
guruhlar orasida ahamiyatga molik o‘zgaruvchanlik mavjud bo‘lishiga qaramay, 
epidemiologik tekshiruvlar kuniga 20 yoki undanda ko‘p sigaret chekadigan 
erkaklarda 3-5 barobargacha yuqori bo‘lishini ta’kidladladi. Urotekiyda 
o‘smalarga sababchi bo‘luvchi tutunning takibiy qismlariga ko‘ra, aromatik 
aminlar eng muhimi hisoblanadi (quyida ko‘ring). 
6. Boshqa o‘simtalar. Saraton ustida tadqiqotlar Xalqaro Agentligi 
chekish va 13 turdagi saraton turlari orasida bog‘liqliklarni sabablari bilan 
oydinlashtirib berdi (yuqorida nafas olish va siydik chiqarish tizimlaridagi 
o‘smalar haqida oqidingiz). Xavfning turli tadqiqot guruhlari orasida farq 
qilishiga qaramay, insoniyat ustida olib borilgan tekshiruvlardan olingan 
ma’lumotlar chekish va og‘iz bo‘shlig‘i, hiqildoq, burun boshlig‘i, burun-halqum 
to‘qimalari, qizil-o‘ngach to‘qimalari, me’da osti bezi, yog‘on ichak-to‘g‘ri
ichak to‘qimalari va jigar kabi bir-biridan farqli anatomik o‘rinlarda uchraydigan 
o‘simtalar o‘rtasidagi bog‘lanishni ma’lum qildi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling