O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127
10.3-rasm . TRPA1 ni faollashtiradigan retseptorlarga qo‘shimcha tarzda, yonish 
jarayoni mahsuloti akrolein ko‘p qismli DNK va protein hosilalarini 
shakllantirish orqali tutun bilan bog‘liq patofiziologiyasiga hissa qo‘shadi. 


254 
Akroleinning glutasion-S-transferazasi tomonidan zaharsizlantirilishi tamaki 
chekishning foydali bir biomarkeri bo‘lgan ayirish metabolite 3-gidroksiprofil 
merkapturali kislota (3-GPMK) ni keltirib chiqaradi. 3-GPMK γ-glutamil-
sistenil-glisin, sistinilglisinaza, N-asitil transferazasi va aldo-keto reduktazasi 
orqali shakllanadi. 
Natijada kelib chiqqan metabolit – 3-gidroksiprofil merkapturali kislota 
(GPMK) chekuvchilarda uning darajalari chekmaydiganlardagiga qaraganda 
anchagina yuqori ekanligi va chekish xulq-atvorining (masalan, chekishni 
tashlash) funksiyasi sifatida o‘zgarishi sababli tamaki chekishning foydali ayirish 
biomarkeri hisoblanadi. 
Akroleinni paydo qiladigan protein hosilalari – ayniqsa lizin amino-
kislotasi bog‘larida (10.3-rasm) yoki asosiy proteinlaridagi seysten qoldiq-
larida shakklanganlari yutilgan tutunning zaharliligiga hissa qo‘shadigan 
asosiy omil hisoblanadi. 
Akrolein nafas olish trakti hujayralaridagi proteinlar joylashgan sohaga 
zararli ta’sir ko‘rsatadi – yaqinda o‘tkazilgan bir proteomik tadqiqot akro-
leinning zararli ta’siriga ergashgan inson bronxiolalaridagi epiteliy 
hujayralarida 750 dan oshiq zararlangan proteinlarni aniqladi. Bu zararning butun 
mexanistik ahamiyati hamon o‘z yechimini kutmoqda, biroq yuzlab genlarning
tuzilmasi o‘zgartirilib yuborilgan ko‘rinishi hujayraning o‘sishi, hujayraning 
o‘limi va yallig‘lanish javob reaksiyalarini o‘z ichiga oladigan ko‘plab
hujayraviy yo‘laklarning faoliyatini o‘zgartiradigan noxush bir natijaga 
o‘xshaydi. Yutilgan irritantlarga (masalan, k-Jun, JNK2) bo‘lgan makrofag javob
reaksiyasini normallashtirib turadigan proteinlarga bo‘lgan zarar akroleinning 
ancha vaqt davomida chekib kelayotgan kashandalar o‘pkasida surunkali immun
tizimining pasayishiga hissa qo‘shishini bildiradi.
4. Metallar. Kadmiy, xrom, arsenik, nikel, mis va qorg‘oshin kabi zaharli 
metallar tamaki ishlab chiqaradigan hududlarda tuproq va suvdagi ifloslovchi 
modda-lar sifatida ko‘p uchrashi sababli sigaret ishlab chiqarish davomida 


255 
saqlanib qoladigan tamaki tarkibida uchraydigan muhim ifloslovchi moddalar 
hisoblanadi. Ularning ko‘lami geografik omillarga qarab farq qiladi, biroq hosilga 
og‘it beruvchilar (ajratilgan og‘ir metallarga boy) va sintetik fosfor og‘itlari 
(metallga birikish xuxusiyatiga ega) sifatida qo‘llanilgan hayvonlar axlati tamaki 
mahsulotining bir qismi sifatida foydalanilgan joylarda ayniqsa muhimdir. 
Ba’zi bir sigaret brendlarida zaharli metallarning darajasi og‘ir darajadagi 
chekuvchilar o‘zlarini bir necha organlarga yomon ta’sir ko‘rsatadigan metallar 
keltirib chiqaradigan surunkali karaxtlikka mubtalo etishlarini bildirgan holda 
nihoyatda baland hisoblanadi. Tutun orqali tashiladigan metallar SO‘OK va 
astma, havo yo‘laklarida javob reaksiyalarining o‘ta yuqori bo‘lishi, yallig‘lanish 
va yutilgan kimyoviy va biologik allergenlarga yuqori sezuvchanlik kabi 
patogenetik va yallig‘lanishga oid o‘pkadagi buzilishlar davomida ayniqsa 
muhimdir.
Og‘ir metall hisoblangan kadmiy tamaki tarkibidagi eng muhim metall 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Faules va Daybing tomonidan keltirilgan tamaki 
tutunidagi ifloslantiruvchilar sinfiy xavfi baholanishida kadmiy nafas olish 
tizimi sog‘lig‘iga keltiradigan jiddiy xavflariga ko‘ra 4-eng muhim o‘rinlardan 
birini egalladi (qolgan uchta eng yuqori o‘rinlardagi ximikatlarning barchasi 
tamaki tarkibiy qismlarining aldigid guruhiga mansub: eng muhimi akrolein 
hisoblanib, asetaldigid va formaldigid keyingi o‘rinlarni egallaydi). Tamaki 
tarkibidagi kadmiy darajasi ishlab chiqarish hududiga ko‘ra farqlanadi, biroq 
AQSh da istiqomat qiluvchi kashandalar ustida olib borilgan uzoq tekshiruv-
lardan Levis tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kashandalar agar kuniga 
bir quti sigaret cheksalar chekmaydigan kishilarda sabzavotlar iste’molidan 
olinadigan kunlik miqdoriga qariyb teng bo‘lgan 1-3 µg kadmiyni yutadilar. 
Tana to‘qimalarida xususiyatlarning yarmiga qisqarib ketishi bilan kadmiy 
pankretik o‘sma, diabet, periodontal kasalliklar va nafas olish bilan bog‘liq bir 
qancha qiyinchiliklarning kelib chiqishiga hissa qo‘shuvchi moddaga aylanib 
qoladi.
Autopsiya qilingan o‘pka to‘qimalarining tahlili chekuvchi kishilarning 


256 
o‘pka yarimsharlarining turli joylarida kadmiyning yirik miqdorda yig‘ilib 
borishini aniq qilib berdi. Kadmiyning o‘pkaga normal qonning oqib kirishi 
vaqtida “yopishib olish” xususiyati ko‘p chekuvchi kishilarda tananing chetki, 
ahamiyati kichik organlarida ham kasalliklarga duchor bo‘lish xavfini oshiradi. 
Tamaki yaproqlaridagi og‘ir metallar darajasi keng miqyosda muqarrar 
bo‘lgan qishloq xo‘jaligi amaliyotlariga ta’sir o‘tkazgani sababli bu moddalar-
ning insoniyatga solayotgan xavfini yengillashtirish uchun tanlovlar chegara-
langan. Chekishning tashlanishi kashandalarda metallardan surunkali ravishda 
zaharlanishni qisqartirishning ishonchli asosiy vositasi hisoblanadi. 
5. Kanserogenlar. Saraton Tadqiqotlari Xalqaro Agentligi bergan 
ma’lumitlarga ko‘ra, tamaki tutuni hozirda insoniyat va hayvonlarda saraton 
chaqirish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar (kanserogenlar) sifatida ma’lum 
bo‘lgan taxminan 72 yoki undan-da ortiq birikmalardan tashkil topgan. Ba’zi
bir kanserogenlar faqat-gina juda kichik hajmda uchraganligi sababli ularning 
o‘pka yoki tananing boshqa qismlarida rakning kelib chiqishiga aloqadorligi 
noma’lumdir. Shunga qaramas-dan, tamaki tutunidagi eng o‘tkir saratonlarning
ko‘pchiligi uchun hattoki nano-gramm miqdorning mavjudligi ham og‘ir 
kashandalarda bir umrlik chekish laboratoriya hayvonlarida o‘smalarni keltirib 
chiqarishi ma’lum bo‘lgan milli-gramm miqdorga o‘xshab ko‘rinsa-da, 
birlashgan, to‘plangan dozalarni tashishi bois juda ham ahamiyatga molik 
hisoblanadi. 
Amerikalik toksikolog Stefen Heyt tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot 
hisob-kitoblariga ko‘ra, bir dona sigaretdan kashanda o‘pkasiga ketayotgan tutun 
PAU 
lar 
va 
tamaki-spesifik 
nitrosaminlar 
sinflariga 
tegishli 
kuchli
karsenogenlarning taxminan 600 trillion molekulalaridan tashkil topgan, agar 
ma’lum bo‘lgan 72 ta karsenogenlarning barchasi hisobga olinsa, umumiy hisob 
10000 marotaba katta bo‘lishi ham mumkin.
65
65
Hecht SS. More than 500 trillion molecules of strong Carcinogens per cigarette: use in product labeling? Tob control. 
2011;20:387.


257 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling