O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Tamaki tutunining muhim tarkibiy qismlari
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
10.5. Tamaki tutunining muhim tarkibiy qismlari Tamaki tutuninng mashhurligi asosan yakka yuqori darajada tobe’ qilib qo‘yadigan modda - odatda, tamaki yaproqlari quruqlikdagi og‘irligining 0,5% dan 5% igacha bo‘lgan miqdorini tashkil etadigan alkaloid nikotinning farmatsevtik holatlarini aks ettirgan bir paytda, tamaki tutunining toksiko- logik xuxusiyatlari gazlar, tez uchuvchan organiklar, metallar va kichik qoldiq moddalarni o‘z ichiga oluvchi organik va anorganik moddalarning turli xil aralashmasidan hosil bo‘lgan murakkab hissasini ifoda etadi. 1. Kichik zarrachalar (partikulates). Yutilgan tamaki tutunining har kub santimetri diametri 0,1 va 1,0 µ oralig‘idagi hajmni tashkil etadigan 10 10 dona zarrachalardan iborat. Havodagi sigaret tutuni tarkibidagi zarrachalarning hajm taqsimlanishi kashanda o‘pkasiga yutiladigan tutundagilardan alveolalar bo‘shliqlarigacha chuqur kirib ketish ehtimoli bor bo‘lgan kichik zarralardan 249 tashkil topganligi uchun ham farq qiladi. Yakka bir sigaretdan chiqqan tutun nafas olish traktini 10-40 mg kichik qoldiq modullar bilan to‘ldirib qo‘yadi. Sigaretdan chuqur tortganda kichik zarrachalarning nafas olish tizimiga oqib kirishi o‘tkir kashandalar o‘pkasida kundalik 1 g dan oshiqroq “smola” ni yig‘ib boraveradi. 64 O‘pkadagi moddalarning ko‘p qismi nega nafas olish bilan bog‘liq kasalliklarning chekish-ni tashlagandan keyin ham yo‘qolib ketmasligiga javoban chekuvchining butun hayoti davomida saqlanib qolaveradi. Kimyoviy va toksikologik xususiyatlarini o‘rganish uchun tamaki tutuni tarkibidagi kichik zarrachalar Kembridj filtri yordamida yig‘ilishi mumkin. Natijada kelib chiqqan kondensat yoki “smola” polisiklik aromatik uglevodorodlar va tamakining maxsus nitrosaminlariga o‘xshash saratonga sabab bo‘ladigan organik ximikatlar kabi zaharli metallarga boy ekanligi aniqlanadi. Chekuvchilarda o‘tkazilgan o‘pka biopsiyasi to‘qimaning zararlanganligi smola qatlamiga maksimal darajada yaqin joyda ekanligini ta’kidlaydi. Odatda, karbon materiallarining eng katta parchalanishi bronxial limfa tugunlari va birinchi guruh o‘pka bronxiolalarida sodir bo‘ladi. O‘rnashib olgan toksikantlardan hujayralarga yetgan zararga qo‘shimcha tarzda yig‘ilib qolgan kichik zarralar ham tug‘ma immun tizimini faollashtirish, kislorodli bosimni oshirish, yonma- yon joylashgan hujayralarda temirning disgomeostaz bo‘lishini oshirish orqali o‘pkada jarohatga olib keladi. Zarrachalar bilan to‘ldirilgan hujayralarning ko‘rinishi shuning uchun ham tamaki bilan big‘liq o‘pka jarohatining yaqqol xususiyatini namoyon qiladi. Hayvonlar ustida o‘tkazilgan tekshiruvlar nafas olish qiyinchiliklaridan oldin tamaki tutunidan kichik qoldiq zarrachalarni olib tashlash nafas olish tizimiga bo‘lgan zararni sezilarli darajada qisqartirishi bois bu moddalarning o‘pka jarohatlaridagi roli haqidagi fikrni qo‘llab-quvvatladi. 2. Erkin radikallar. Kislorodli bosim chekish bilan bog‘liq kasalliklar- ning patogenezida qisman tamaki yonish jarayonida ajralgan erkin radikallarning 64 Dunbar A et al. Second-hand tobacco smoke and cardiovascular disease risk: an epidemiologikal review. cardiol Rev. 2013;21:94–100. 250 yuqori miqdori sababli muhim ahamiyat kasb etadi. Tamaki tutuni har ikkala darajalarini havo ifloslanishining boshqa shakllariga yirik miqdorda oshira oladigan konsen-tratsiyalarda mavjud bo‘lgan erkin radikallarning ikki aniq guruhini o‘z ichiga oladi (masalan, chang – zaharlangan havo). Birinchidan, smolali qatlamlar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari orqali kislorod radikallarini ishlab chiqaradigan gidrokenon, semikenon va polimerik kenonlarning eng yaxshi tushunarli tarkibiy qismlari, nisbatan turg‘un radikallarning yuqori zichligi (grammiga ~10 16 -10 7 ) dan iborat. Gidroksil va superoksid anion radikallari singari smolani hosil qiladigan oksidantlar o‘pka to‘qimalarida uchraydigan 8-oksodeoksiganozin kabi oksidlangan DNK asoslari darajalarida ko‘tarilishni keltirib chiqarib, kashandalarning nafas olish tizimida ahamiyatga molik hujayraviy va genetik zararlanishlarga sabab bo‘ladi. Izoprostanlarning – membranaga keltirilgan oksidativ zararning ta’sirchan biomarkerlarining yuqori darajalari chekuvchilardan yig‘ilgan bronxiolalar sekretsiya suyuqligi va o‘pka to‘qimasi, qon, nafas kondensati va balg‘amda uchratilishi mumkin. Bu biomarkerlar chekish tashlangandan keyin ham yuqori darajada saqlanib qolganliklari bois ko‘p vaqtgacha saqlanib turadigan smola qatlamlaridagi prooksidantlarning chekishni tashlagan kishilarning nafas olish tizimiga juda ham katta salbiy ta’siri bo‘ladi. Ikkinchi guruh erkin radikallari qiyosiy ravishda o‘z ichiga gaz fazasida uchraydigan uzoq vaqt saqlanib qoluvchi turlarni qabul qiladi. Misol uchun, yangi ishlab chiqarilgan sigaret tutunining gaz fazasi 600 µ gacha azot oksididan tashkil topgan. Azot oksidi (NO) chekish bilan bog‘liq o‘pka jaroha- tini hosil qilishda asosiy modda bo‘lgan zararlovchi oksidant peroksinitritni shakllantirishda superoksid radikallari bilan tezda reaksiyaga kirishadi. Biroq NO gaz fazasida uchraydigan radikallarning bir turi hisoblanadi: ba’zi bir hisob-kitoblarga ko‘ra, sigaretdan bir martagina tortish inson nafas olish tizimiga taxminan 10 15 gaz-faza radikallarini yetkazar ekan. Bu turlarning kimyoviy xususiyati ularning yonayotgan sigaretning olovida mavjud bo‘lgan ultraqisqa yashagan radikallarning “avlodlar” ini ifodalash ehtimoli borligi 251 uchun ham murakkab hisoblanadi. Birinchi avlod radikallari sigaret tanasidagi yonish jarayonida omon qolmaydi va davomli ravishda yanada turg‘un, yanada zarar keltiradigan turlarni shakllantirish uchun yonish jarayonining boshqa mahsulotlari bilan reaksiyaga kirishadilar. Dominant turlarning aniq xususiyati munozaraga bosh sabab bo‘lishiga qaramay, ehtimoliy sabab alkoksil va peroksil radikal turlarini o‘z ichiga oluvchi turli xil kislorod tutuvchi radikallar bilan birgalikda uglerod tutuvchi radikallarni qamrab oladi. Bu turlar NO va izopren o‘rtasidagi tarqalish reaksiyalari sabab gaz fazasi radikallarining konsentratsiyalari tamaki yonib bo‘lgani sari haqiqatda oshib boradi. Ham smolali, ham gaz faza radikallari tomonidan o‘pka hujayralariga bo‘ladigan oksidativ jarohatlar kashandaning sog‘lig‘iga juda katta jiddiy zarar yetkazadi va ba’zan dietaning yaxshi emasligi sababli parhez antioksidantlarining kamaytirilgan iste’molidan paydo bo‘ladigan muammoga ham sababchi bo‘ladi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling