O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
10.3. Tamaki yonish jarayoni Garchi sigaret yoqish butun dunyo bo‘ylab kuniga milliardlab marotaba takrorlanadigan oddiy ishga o‘xshab tuyulsa-da, har bir yondirish holati zaharli moddalaning to‘yingan aralashmasini keltirib chiqaradigan ko‘plab murakkab kimyoviy reaksiyalarda qolib ketadi. Xususan, tamaki tutuni zichlangan suyuq- lik tomchilari hamda tez uchuvchan va qisman bug‘lanuvchan birikmalar va yonish jarayonida ishtirok etadigan gaz aralashmasida saqlanib qoladigan 62 Giovino GA. The tobacco epidemic in the United States. Am J Prev Med. 2007;33(Suppl):S318–26. 241 zarralar ulushi-fraksiyasidan tashkil topgan murakkab aerozol hisoblanadi. Ma’lum bir chekish bilan bog‘liq kasallikda aynan bir tamaki tutunida uchraydigan zaharli moddalarni sababchi deb ko‘rsatish mushkul ish. Sababi, tutunning kimyoviy kompozitsiyasi u sigaretning shunchali yonib turganida chiqishi yoki faol ravishda tortilganda chekuvchining o‘pkasiga borishiga ko‘ra farqlanadi. Chekuvchi kishi sigaretdan tortganda sigaretning o‘zi tutab turgan- dagi taxminan 600 o C harorat 900 o C dan oshiqroqqacha ko‘tariladi. Sovuqroq haroratdagi samaradorligi past bo‘lgan yonish jarayoni sababli sigaret yonib turgandagi tutun tarkibida uchraydigan moddalarning zaharlilik darajasi kashanda o‘pkasiga ketayotgan tutundagidan ancha miqdorda oshib ketishi mumkin. Bir tadqiqotda, kanserogen modda bo‘lgan 4-aminobifenilning konsen- tratsiyasi havoga chiqadigan tutunda o‘pkaga ketadigan tutundagiga qaraganda 32 barobarga balandroq edi. Shu kabi omillar mutagenez uchun o‘tkaziladigan Salmonella testi kabi zaharlilik o‘lchovlari davomida sigaretning havodagi tutuni o‘pkaga boradigan tutundan 3-4 marotaba yuqoriroq faollik ko‘rstaishini isbotlaydi. Bu fikr-mulohazalar o‘tgan bir necha o‘n yilliklar mobaynida chekmaydigan insonlarning atrof-muhitdagi tamaki tutunidan aziyat chekishini cheklash maqsadida olib borilayogan qonunchilik sa’y-harakatlariga asos bo‘lib xizmat qiladi. Tamaki tutuni haqida fikr yuritishning yana bir yo‘li birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi tutunlar haqidagi mulohazani o‘z ichiga oladi. Birlamchi tutun alohida bir chekuvchi tomonidan yonib turgan sigaretdan yutilgan tutunni ifodalaydi. Ikkilamchi tutun esa nisbatan murakkab tuzilmali bo‘lib, shunisi ahamiyatliki, u kashandaning o‘pkasidan tashqariga chiqarilgan tutun bilan birgalikda havodagi sigaret tutuni aralashmasini o‘z ichiga oladigan atrof- muhitdagi tutunni va shuningdek, sigaret qoplamasi bo‘ylab tarqalayotgan tutunning tarkibiy qismlarini ham birgalikda tavsiflaydi. Uchlamchi tutun sigaret chekilishi paytida xona jihozlari, mebellari, devorlari yuzasida o‘rnashib qolgan tamaki yonish jarayoni qoldiqlarini bildiradi. Bu o‘rnatilgan materiallar chekuvchi insonning mashinasi yoki yashaydigan uyining noxush hidga egalik 242 xususiyatini tashiydi. Bu zaharli moddalar bilan to‘yingan yuzalarga tegish, ya’ni fizik aloqada bo‘lish chekuvchilar bilan bir qatorda chekmaydigan kishilarni ham teri orqali tamakining zarari xavfi ostida qoldiradi. Tamaki tutuniga beriladigan bahoni salbiylashtiradigan yana bir omil shundan iboratki, yonish jarayonida O 2 juda tez yutiladi va natijada issiq, ko‘mirga yonma-yon kislorodsiz zona shakllanadi. Tamakining bu piroliz yoki distillash zonasidagi issiqlik parchalanishi aminikislotalar, yog‘ kislotalari va shaker orqali shakllangan tez uchuvchan va qisman bug‘lanuvchan monosiklik aromatiklarni o‘z ichiga oladigan alohida reaksiya mahsulotlarini keltirib chiqaradi. Tamaki tutunida uchraydigan 5000 yoki undan-da ortiq kimyoviy moddalar va tutunga yoyilib ketgan nikotinning ko‘p qismi mana shu zonadan kelib chiqadi. Yonayotgan sigaret yonish jarayonining murakkab va o‘suvchan qolipini ifoda etgani bois bekik joyda to‘plangan atrof-muhitdagi tamaki tutuni turg‘unlikdan ancha holi: yuzadagi moddalarning bo‘linishi va o‘zgarishi sababli havosi yaxshi almashtirilmaydigan xonada tutunning tarkib topishi daqiqalardan soatlargacha bo‘lgan vaqt davomida dinamik o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling