O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   127
9.2-rasm. Ahamiyatsiz oksidlanmagan metabolizmning bir necha usullari turli 
klinik va sud jarayonlariga foydali biomarkerlar bo‘lgan etanol metabolitlarini 
yuzaga keltiradi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning birinchi axlatidagi 2 mmol/gr dan ortiq 
bo‘lgan etilglyukuronid onaning homiladorlik davrida alkogol iste’mol
qilganidan darak beradi.


234 
9.7. Xulosa 
 
Zamonaviy tadqiqot vositalarining ixtirosi va ishlatilishi, surunkali alkogol 
iste’moli bilan bog‘liq ko‘p qirrali sog‘liqni saqlash muammosini o‘rganishga 
qaratilgan zamonaviy toksikologiya paradigmasi, inson sog‘lig‘iga ta’sir o‘tka-
zuvchi bu ichimlikning ijobiy natijalari borasida ham tengsiz ilmiy ma’lumotlarni
berdi. Kayfiyatni ko‘taruvchi bu mashhur suyuqlik yoqimli va kuchli xusu-
siyatlarga ega bo‘lib, uning sog‘liqqa zarari haqida qancha gapirilmasin, 
ichuvchilar sonining sezilarli darajada kamayishiga hech qanday ta’sir qila
olmaydi.
Qanday bo‘lmasin, alkogol va uning ustida olib borilayotgan tadqiqotlar 
davom etar ekan, ular bizga genetik kelib chiqishlari va ichishni odat qilgan 
kishilarni aniqlay olishimizda ko‘mak bersa ajab emas. Bu bilimlarimizni 
dorishunoslik, parxez va sog‘lom turmush tarsi strategiyalarini rivojlantib
alkogol bilan bog‘liq kasalliklarga qarshi kurashda ishlatish – Inson sog‘lig‘i 
haqida qayg‘urish borasidagi eng muhim bo‘lgan toksikologik izlanishlarga 
keng imkoniyatlarni ochib beradi.
Nazorat savollari 
1. Spirtli ichimliklarning inson sog‘lig‘iga ko‘rsatadigan zararlari haqida
nimalarni bilasiz? 
2. Zamonaviy toksikologlarning alkogol va inson kasalliklari to‘g‘ri-
sidagi fikrlari qanday? 
3. Bugungi kundagi spirtli ichimliklar ishlab chiqarish texnologiyasi 
qadimgi usullardan nimasi bilan farq qiladi? 
4. Alkogolning toksikokinetikasi tushuntirib bering. 
5. Alkogolning metabolizmi haqida tushuncha bering. 
6. Alkogolning molekulyar toksikligi deganda nimalarni tushunasiz? 
7. Alkogol ta’sirida kelib chiqadigan jigar kasalliklari, periferik


235 
nevropatiya va yurak miopatiyasi. 
8. Homilada alkogol sindromi deb nimaga aytiladi? 
9. Toksikolog olimlarning alkogolning homilaga salbiy ta’siri bo‘yicha
olib borgan tadqiqotlaridagi xulosalari qanday? 
10. Mutaxassislar “Homilada alkogol sindromi” ning qandaq oqibatlarini
aniqlashgan? 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling