O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
10.4-rasm. Tamaki yonish jarayonida hosil bo‘lgan yuzlab polisiklik aromatik
uglevodorodlardan atigi taxminan o‘n ikkitasining karsenogenlik xususiyati bo‘lishi mumkin. STXA tomonidan 2-guruh A karsenogenlari sifatida ko‘rsatilgan bir necha PAU lar yuqorida namoyish etilgan. 1) Polisiklik aromatic uglevodorodlar (PAU). Yuzlab ko‘p bog‘li aroma- tik uglevodorodlar tamaki tutunining zarrachali fazasida uchraydi. Ulardan ayrimlari 10.4-rasmda ko‘rsatilgan. Bu sinf vakillari o‘zlarining o‘rmon yong‘inlarida shakllanishi, tozalanmagan yog‘lar va organik moddaning boshqa turlarida mavjudligi bilan tabiiy atrof-muhitda ko‘p uchraydi. PAU larning kasb bilan aloqador xavfi alyuminiy zavodlari, metall quyish zavodlari, tabiiy yonilg‘i olish zavodlarida, tom yopish, yo‘l yotqizish va sanoatning boshqa sohalarida faoliyat yurituvchi ishchilar orasida uchraydi. Yuk mashinasi haydovchilari va lokomotiv injenerlari singari transport tizimida ishlaydiganlar ham trubalardan chiqadigan dizel tutuni sababli ham PAU larning yuqori darajasiga duchor bo‘lmoqdalar. Olimlar tamaki tutunida 550 ga yaqin PAU larni o‘zining molekular tuzilishida karbon atomlarining umumiy sonidan kelib chiqqan alohida PAU ning miqdori bilan birgalikda aniqlashdi. Tamakini hosil qiladigan maxsus PAU larning shakllanishi murakkab kimyoni o‘z ichiga qamrab oladi va bu jarayonga tamakining turi va yonish jarayoni hosil bo‘ladigan harorat havodagi sigaret 258 tutuni va o‘pkaga boradigan tutundagi PAU ning miqdorini farqlashga yordam beradigan omillar kuchli ta’sir o‘tkazadi. PAU lar kattaroq tuzilmalarni shakllantirishda tezlik bilan birikadigan erkin radikallar va yoki kichik reaktiv molekulalarni ishlab chiqaradigan tamaki o‘simligida organik tarkibiy qismlarning pirolizi va issiqlik parchalanishi orqali shakllanadi. Tamaki bargining PAU larning shakklanishida o‘tmishdoshlari tamaki hujayrasi devoridagi komponentlar va yog‘lar, selluloza, yarim sellulozalar va lignin singari tuzilmali biopolimerlarni qamrab oladi. PAU sinfidagi tuzilma jihatdan xilma-xillik sabab, CYP hosil qilish samaraliligi, karsenogenlik xususiyati va oilaning individual a’zolarining to‘qima tanlanuvchanligi ahamiyatga molik darajada farq qiladi. Tamaki tutunidagi yuzlab PAU lardan atigi 12 tasi STXA tomonidan insoniyatga va hayvonot olamida kanserogenlik vazifasini o‘tovchi moddalar sifatida tanish- tirib o‘tilgan. Bulardan ba’zi PAU lar STXA tomonidan 2-guruh A karserogenlari sifatida tasniflanadi (10.4-rasm). Ko‘pchilik PAU larda saraton chaqirish xususiyatining yetishmasligi fakti bu birikmalar uchun tuzilma - harakat bog‘lanishlari shakllanishini murakkablashtiradi. Shuningdek, alohida olingan PAU ning toksikologik xusu- siyati alohida organilganda ko‘plab PAU larni o‘z ichiga oladigan kompleks aralashmada xususiyatining o‘zgarishi ehtimolligi ham bu moddalarni o‘rganish- ni murakkablashtiradi. Odatda, PAU larning kompleks aralashmalari (masalan, ko‘mir smolasi ajratmalari) alohida olingan birikmalarga qaraganda yuqoriroq saraton chaqirish ehtimolligini ko‘rsatadi, biroq har ikkalasi DNK bog‘lamining darajasi uchun muhim tarzda mos hisoblanmaydi. Bu esa PAU larning o‘zlarining hosilalarini shakllantirish, genotoksik turlariga qaramasdan o‘simtaning o‘sishiga hissa qo‘shadigan holatlarni keltirib chiqarishiga ishora qiladi. Sun’iy tarzda sinov uchun o‘stiriladigan hujayralarda ko‘rilishi mum- kin bo‘lgan genotoksik bo‘lmagan mexanizmlarda PAU lar bo‘shliqlar tutasha- digan nuqtalarda birlashgan hujayraviy aloqa tizimini, forbol esterlari kabi ko‘p uchraydigan o‘sma chaqiruvchilar bilan bo‘lishiladigan natijani oldini oladi. 259 Bu mexanizmlarning butun bir hayvonlar va insoniyat o‘rnida bevosita bog‘liqligini ko‘rsatish anchagina mushkul. PAU sinfining yorqin namunasi bo‘lgan benzol[α]piren (BaP) o‘zining tabiatda keng miqyosda tarqalishi va keng toksikologik xususiyatlari (terato- genezlik, mutagenezlik, karsenogenezlik va immunotoksiklik) uchun ham ko‘p e’tiborni tortadi. BaP ning 1930-yilda ko‘mir smolasidan ajralib chiqishi va sichqon terisiga takroriy ravishda ishqalanganda o‘sma chaqirishi namoyishi tajribalarga asoslangan toksikologiyaning kelib chiqishida muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. BaP ni tamaki tarkibida uchraydigan asosiy karsenogen modda sifatida ayblash dalili o‘pkaga bog‘liqligi jihatdan ayniqsa kuchli hisoblanadi – BaP ning past dozasi nafas, teri orqali va hayvon turlari doirasida og‘iz yo‘l- lari bilan tashilganda kuchli va takroriy ravishda saraton keltirib chiqaradi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling