O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
8.4. Kanserogen moddalar tasnifi
Kimyoviy kanserogenezning birlamchi tushunchasi – bu genotoksiklikdir. Mazkur kitobda bu atama DNK ga kimyoviy shikast yetkazadigan, jumladan, DNK asosida yuzaga keladigan o‘zgarishlar, asosning yemirilishi, bog‘lamlardagi uzilishlar, glukofosfat qatlamning chatishib birikishi yoki alkillanishiga olib keluvchi kimyoviy moddalarni anglatib keladi. Atama bunday cheklangan doiradagi ma’noda qo‘llanilganda, kimyoviy genotoksik moddalarning mutagen bo‘lishi shart emas, binobarin ayrim turdagi genetik shikastlar DNK ning axborot saqlash funksiyasiga daxl qilmaydi. Ammo, oquvchiga shuni eslatib o‘tish lozimki, 191 ba’zi hollarda genotoksiklik atamasi keng ma’noda qo‘llanilib, biror kimyoviy moddaning DNK mutatsiyasi (ya’ni nasldan naslga o‘tuvchi o‘zgarish) ga olib kelish xususiyatini ham anglatadi. Masalan, Eymsning Salmonella bakteriyasi ustidagi sinov-tajribasi ba’zida genotoksiklikni aniqlash tajribasi deb ham yuritiladi; aniq qilib aytganda, bu mutagenlikni aniqlashga qaratilgan tajriba hisoblanadi (ya’ni u kanserogenlarning Salmonella bakteriyasining gistidin operonida irsiy mutatsiyani keltirib chiqarish xususiyatini o‘rganadi – quyida ko‘rsatilgan). Vaholanki, DNK shikastlanishining kimyoviy jihatlari, shikastlanish jarayonida yuzaga kelishi yo kelmasligi aniq bo‘lmagan irsiy axborot yo‘qolishi holatidan farq qilar ekan, ayni hodisani teran ifodalovchi atamalardan foydalangan ma’qul. DNK ga kimyoviy shikast yetkazish orqali saraton keltirib chiqaruvchi kimyoviy moddalarni genotoksik kanserogenlar deb ataymiz. Mazkur muhim ahamiyatga ega kanserogenlar sinfiga alkillovchi moddalar, o‘z ichiga 1,2- dimetilgidrazin kabi metillovchi va etillovchi moddalar hamda metil va etil galidlarni qamrab oluvchi murakkab guruh kiradi. Muqobil ravishda, genotoksik bo‘lmagan kanserogen moddalar DNK ga kimyoviy zarar yetkazmagan holda saraton keltirib chiqaradi. Bu kanserogenlar, odatda, retseptor vositasida mitogen ta’sirlarni qo‘zg‘atish yoki epigenetik o‘zgarishlarni keltirib chiqarish orqali saraton yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. 1. Genotoksik kanserogenlar. Ayrim genotoksik kanserogenlarda ichki kimyoviy reaktivlik majvud bo‘lsa, ko‘pchilik kanserogenlarga esa, DNK ga hujum qilishdan oldin CYP yoki boshqa fermentlar ko‘rsatadigan bioaktiv ta’sir zarur bo‘ladi. Metabolitlarning hujayra makromolekulalari (masalan, DNK) bilan ta’sirlashuvini boshqaruvchi asosiy omillar haqida 4-bobda so‘z borgan edi. “Qattiq” elektrofil metabolitlarni hosil qiluvchi kimyoviy moddalar kanserogenezga ayniqsa taalluqlidir, chunki DNK o‘zida bir-qancha “qattiq” nukleofil reagentlar saqlaydi: guanin va adenindagi “halqasimon” azot – N 3 va N 4 , shuningdek, guanindagi ekzosiklik kislorod – O 6 , timindagi ekzosiklik kislorod – O 2 va O 4 hamda sitozindagi ekzosiklik kislorod – O 2 (8.2-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling