O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127
8.8-rasm. Vinil xloridning epoksid metabolitiga CYP2E1 - kataliz bioakti-
vatsiyasi bir qancha DNK adduktlarini hamda qator etino adduktlar keltirib 
chiqaradi. Bu bilan ularning mutagen potensiali va qayta tiklanish xususiyatiga 
katta e’tibor qaratiladi. 


212 
O‘simtaning o‘pka, biriktiruvchi to‘qimalar, ko‘krak bezi va miya kabi 
joylashishi jihatdan uzoqroq bo‘lgan a’zolarda uchrashi holatlari munozarali hol. 
Eyms (Ames) testi va sichqonlarda limfoma tekshiruvlari kabi probirkada 
o‘tkaziladigan mutagenlik tajtibalari jihatidan VX mutagen modda hisoblanadi.
54
Vinil Xlorid hujayralarda mikroyadro hosil bo‘lishi va xromosoma o‘zgarishi 
kabi mikroskopik genetik buzulishlarga sabab bo‘ladi. VX ko‘p hayvonlar ustida 
olib borilgan tajribalarda kanserogen sifatida: ko‘p hollarda jigar angiosarko-
masini, ayrim hollarda esa boshqa a’zolarda o‘simtalarni keltirib chiqaradi. VX 
an’anaviy genotoksik kanserogen bo‘lib, u jigar CYP2E1 ta’sirida tez oksidlanib 
reaktiv epoksid-xloroetilen oksidiga aylanadi
(8.8-rasm).
8.7. Xulosa 
 
Kimyoviy moddalarning saraton kasalligidagi o‘rnini aniqlashdagi olib 
borgan tadqiqotlarimiz tanlovga asoslandi, bunda asosiy urg‘u genomga 
kimyoviy zarar yetkazadigan salohiyatli kanserogenlarga berildi. Kuzatuvlarimiz 
shuni alohida ta’kidlaydiki, genotoksik ksenobiotiklar ta’sirida kelib chiqqan 
saratonda DNK adduktlari markaziy o‘rinda turganligi sabab, zamonaviy 
toksikologiya alohida DNK adduktlarining biologik taqdiri hamda molekulyar 
xususiyatlarini o‘rganishga alohida e’tibor beradi. O‘simta to‘qimasi tarkibida 
bunday turlar miqdorini aniqlash, xuddi aristolog kislotasi ta’siri holatidek, 
shubha qilingan saraton birlashmalarini qo‘llab-quvvatlash imkonini yaratadi
bunday o‘zgarishlar (masalan, akrilamidning oziq-ovqat orqali ta’siri) ni aniqlay 
olmaslik esa, e’tiborning susayishiga va yuqori xavfli kanserogenlarni diqqatdan 
qochirishga olib keladi.
Sohada erishilgan qator yutuqlarga qaramasdan, kimyoviy kanserogenez 
yo‘nalishida, shu jumladan, yashirinib yotgan kanserogenlarni tez, arzon va aniq 
skrining qilish usullarini topishga bo‘lgan ehtiyoj dolzarbligicha qolmoqda. 
54
Hutchings S, Rushton L. Toward risk reduction: predicting the future burden of occupational cancer. Am J Epidemiol. 
2011;173:1069–77



213 
Saratonga qarshi kurash maydonida inson tomonidan ishg‘ol qilingan kattagina 
yerlarni hisobga olib, shu narsani ishonch bilan aytish mumkinki, yaqin kelajak-
da kimyoviy kanserogenezni o‘rganishda fan ancha yutuqlarga erishadi. Mazkur 
bob kimyoviy moddalar ta’sirida kelib chiqadigan saratonda reaktiv oraliq 
moddalar va DNK zarari haqidagi tushunchalarimizning asosini qamrab olgan 
bo‘lsa, keyingi boblar bu konseptual qarashlarning ikkita keng iste’moldagi 
ksenobiotik aralashmalar, ya’ni alkogol ichimliklari (9-bob) va tamaki tutuni 
(10- bob) bilan kechadigan umumiy sindromlarni yoritib beradi. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling