O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127
 
 


209 
8.6. Inson kanserogenlari vakili 
 
Xalqaro Saratonni O‘rganish Agentligi (XSO‘A) 1965-yil Jahon Sog‘liqni 
Saqlash Tashkiloti tomonidan dunyo miqyosida saratonning oldini olish chora-
tadbirlarini amalga oshirish maqsadida tashkil qilingan. Kasallikni o‘rganishni 
ilg‘or surish bilan birgalikda, XSO‘A ma’lum bo‘lgan va taxmin qilingan inson 
kanserogenlarini har tomonlama o‘rganish bilan ham shug‘ullanadi. Birinchi o‘n 
yilliklar ichida alohida kimyoviy moddalar asosiy muammo bo‘lgan bo‘lsa, vaqt 
o‘tishi bilan, saraton xavfining XSO‘A kategoriyalari kengayib bordi va o‘z ichiga 
murakkab birikmalar, ko‘p qirrali mehnat faoliyati hamda atrof-muhit 
ifloslanishi bilan bog‘liq zaharlanish, madaniy va axloqiy xulq, biologik 
organizmlar va jismoniy ta’sirlarni ola boshladi. Ayrim moddalarning saratonga 
bog‘liqligi dalillarining kuchliligiga qarab, moddalar asosiy beshta kategoriya-
ning bittasiga kiritiladi (8.4-jadval).
8.4-jadval
Xalqaro Saratonni O‘rganish Agentligi (XSO‘G) tomonidan
qo‘llaniladigan kanserogenlar tasnifi guruhi 
Kategoriya 
Guruhga tavsif 
modda 
raqami 
(2013 yil) 
Namunalar 
Guruh 1 
Guruh 2A 
Guruh 2B 
Insonlarda saraton 
keltirib 
chiqaruvchi 
Insonlarda saraton 
keltirib 
chiqarishga moyil 
Insonlarda saraton 
keltirib chiqarishi 
mumkin 
111 
65 
274 
Aristolok kislotasi, asbest, mishyik, 
benzol, bis (xlorometil) eter, 
siklofosfamid, dietilstilbestrol, 
formaldegid, melfalan, nikel 
aralashmalar, poliklorinli bifenillar, 
tamoksifen
Akrilamid, adriyamisin, xloramfenikol
1,2-dimetilhidrazin, 1-nitropirol, 
2-nitrotouen, stirol-7,8-oksid, vinil 
bromit 
Akrilonitril, antimon trioksidi, benzofuran, 
kofe kislotasi, uglerod tetraklorid, 
xloroform, DDT, 1,2-dikloroetan, furan, 
heptachlor, hidrazin, izopren, 
metilhegenol, nitrobenzen, oksazepam, 
fenobarbital, safrol, stirol, 
toluen diizosiyanatlar, vinil asetat 


210 
Guruh 3 
Guruh 4 
Insonlarda saraton 
keltirib 
chiqaruvchi 
sifatida 
qaralmaydi 
Insonlarda saraton 
keltirib 
chiqaruvchi emas 
504 

Akrolein, 
aldrin, 
ampitsillin, 
benzoilperoksid, 
bisulfi 
tes, 
kofein, 
xloroetan,xrom, 
diazepam, 
1,2-
dikloropropan,dieldrin, 
etilen, 
furosemid,gemfilburchak, 
hexachlorofen,izopropanol, 
jet 
yoqilg'i,metil 
glyoxal,nitrofurantoin, 
parafin, fenol,rifampitsin, toluene 
Kaprolaktam 
Odatda, insonlar saratonini o‘rganish tajribasidan olingan epidemiologik 
dalillar, hayvonlardan olingan dalillardan ancha ustun turadi. Bir nechta a’zolarda 
xavfli o‘simtaga sabab bo‘luvchi kimyoviy moddalar, faqatgina bitta to‘qimada 
xavfsiz o‘simtani paydo qiluvchi moddalarga qaraganda jiddiy e’tibor ostiga 
olinadi, shuningdek, o‘simta reaksiyasining jiddiyligi ham albatta diqqat marka-
zida bo‘ladi. Inson epidemiologik birlashmalari zaif bo‘lishidan qat’iy nazar, agar 
saratonning kelib chiqishi mexanistik tushunchalar bilan talqin qilinsa, 
kanserogenlar yuqori baholanadi. Ham insonlarda, ham hayvonlarda kanserogen-
ga tobe’lik tadqiqotchilarni tashvishga soladi. 
1. Vinil xlorid. Vinil Xlorid (VX) plastik quvurlar va uning qismlari, 
quvurlar, sim va kabel izolyatsiyalari, eshik, pol qoplamalari va ombor kontey-
nerlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan polivinixlorid (PVX) olishda 
qo‘llaniladigan yuqori hajmli neft-kimyo moddasi hisoblanadi. VX yana ko‘p 
organik kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda sintetik oraliq bo‘lib xizmat qiladi. 
2011-yilning holatiga ko‘ra, yillik global ishlab chiqarish 4,5 % ga osdi, bu esa 
kasb bilan bog‘liq toksikologiyada VX ning dolzarbligi yanada oshganidan dalolat 
beradi.
Xona haroratida yonuvchan gaz bo‘lgan VX, odatda, sovutilgan suyuqlik 
sifatida tashilib, himoyalanmagan ishchilarning nafas yo‘llariga jiddiy xavf 
tug‘diradi. VX ning yutilishi inson o‘pkasi uchun yuqori ta’sirli hisoblanadi: 
PVX polimerizatsiya konteynerlarini tozalashga jalb qilingan ishchilarda havodagi 
VX konsentratsiyasi yuqoriligi kuzatilgan. Sartaroshlarda ham bu ko‘rsatkich 


211 
xavfli darajada yuqori bo‘lgan, buning asosiy sababi 1960-, 1970-yillarda keng
qo‘llanilgan, tarkibida VX moddasi bo‘lgan soch uchun laklar deb topilgan. 
VX atrof-muhitni zaharlashda ham katta ahamiyati bo‘lganligi sababli, 
milliy ekologiyani muhofaza qilish tashkilotlari tomonidan aholini ichimlik 
suvi bilan ta’minlovchi tizim muntazam ravishda nazorat qilib turilishi lozim. 
VX ta’siridan kelib chiqadigan asosiy o‘simta – notabiiy jigar saratoni, ya’ni 
jigar angiosarkomasi bo‘lib, u ish joyi bilan bog‘liq bo‘lgan VX ta’sirisiz 
kamdan-kam hollarda uchraydi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling