O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Ayrim endogen DNK adduktlari sog‘liqni nazorat qilish sub’yektlari


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127
Ayrim endogen DNK adduktlari sog‘liqni nazorat qilish sub’yektlari 
genlarida barqaror holat konsentratsiyasi 
Endogen DNK shikastlanishi 
Har bir hujayradagi soni 
Azot asosli maydon 
N7- (2-gidroksietil)guanin
8-gidroksiguanin 
7-(2-oksietil) guanin 
Formaldegid adduktlar 
Akrolein- dezoksiguanozin 
Malondialgedit-diaksiguanozin
Etinoguanin N2,3 (eG) 
Etinodioksidenozon (1,N2-edG)- 
Etinodioksidenozon (1,N6-edA)- 
30,000 
3,000 
2,400 
1,500 
960 
120 
60 
36 
30 
12 
Total: 38,118- Jami: 


205 
Vaqt o‘tishi bilan mass-spektrometriyaga asoslangan rivojlangan tahliliy 
usullar imkoniyatlari bu sirli endogen adduktlarni aniqlay boshladi. Bu vositalar 
sog‘lom individlardan olingan DNK da endogen DNK adduktlari yuqori daraja-
sini tasdiqladi, taxmin qilinadiki, genom normal hujayraviy metabolizmda hosil 
bo‘luvchi ko‘plab endogen elektrofillar bilan davomiy to‘qnashib turadi (8.3-
jadval). Endogen adduktlarning bo‘lishi kimyoviy moddalar bor ish joylaridagi 
xavfni baholash jarayonini qiyinlashtiradi, masalan, vinilxlorid sog‘lom odam-
larda spontan ravishda paydo bo‘luvchi adduktlar bilan bir xil tipdagi DNK 
adduktlarini ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi. 
Nogenotoksik kanserogenlar. DNK addukti tuzilishi orqali saratonni qo‘z-
g‘atuvchi kimyoviy moddalarga zamonaviy toksikologiya fanida alohida e’tibor 
qaratilar ekan, aniq genetik moyillik kuzatilmagan organizmlarda o‘simta paydo 
bo‘lishiga sabab bo‘ladigan nogenotoksik kanserogenlar ham mutaxassislarni 
jiddiy xavotirga solib qo‘ydi. Bu turli-tuman sinfning turli vakillari har xil 
mexanizmlar orqali onkogenez paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, ammo umumiy 
javob reaksiyasi me’yordagi o‘sishning nazorat yo‘llariga to‘sqinlik qilib, 
saratonga turtki bo‘lishni o‘z ichiga oladi. 
Saraton kelib chiqishining an’anaviy ko‘p bosqichli modelida, sichqon 
terisida saraton shakllanishi biotashxislar natijasi o‘rganib chiqildi. Bunda 
kimyoviy moddalar, zamonaviy saratonning genotoksik (DNK zaharlanishi) va 
nogeno-toksik kanserogenlar yengil ko‘rinishdagi analoglari sifatida ikkita 
guruhga, ya’ni “tashabbuskorlar” va “targ‘ibotchilar” ga ajratildi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling