O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   127
8.6-rasm. Toksik metabolitlarning DNK bilan reaksiyasi jarayonida X shaklli 
DNK adduktlaridan kutiladigan uchta asosiy natija: ta’mirlash, o‘rnini yo‘qotish
va apoptoz. 
Reparatsiyaning birinchi tipi O
6
-metilguanin DNK metiltransferaza (odam-
larda MGMT geni bilan kodlanadi) O
6
-metilguaninni, bu addukt sigaret chekuv-
chilar o‘pkasida paydo bo‘ladi va tamaki tarkibida metillovchi reagentlar borligi 
bilan bog‘liq, reparatsiya qiladi. O
6
-metilguanin adduktlari metiltransferazalar 
bilan reparatsiya qilinmasa, nishon genlarda nomutanosib mutatsiyalarni keltirib 
chiqarishi mumkin. Bu “bir martalik” reparatsiyalovchi enzimlar effektiv ravishda 
O
6
guanindagi metil guruhini metiltransferaza oqsilidagi sisteinga transfer qiladi, 
shu bilan DNK normal strukturasi tiklanadi (8.6-rasm). Bu yo‘l bilan modifika-
tsiyalangan O
6
–guanindan etil, propil va butil guruhlarini olib tashlash mumkin. 
Ikkinchi misolda, asos kesib olib tashlanuvchi reparatsiya (BER) enzimlari


201 
masalan DNK glikozilazalari DNK strukturasidagi zararlangan qismlarni kesib 
olib tashlaydi (8.6-rasm). Bu yo‘l, ayniqsa kichkina, strukturasini ozgartirmagan 
DNK adduktlarini reparatsiya qilishga moslashgan. Bu guruhga kiruvchi klassik 
enzimlarga uratsil DNK glikozilaza, formamidopirimidin DNK glikozilaza va N-
metilpurin glikozilaza kiradi. N – glikozil bog‘ini parchalash yo‘li bilan adduktlan-
gan asos glukofosfat asosga bog‘lanadi, asoslarni kesib olib tashlovchi oqsillar 
DNK da asossiz qism (sayt) hosil qiladi (qaysi asosning yo‘qligiga qarab apurin 
va apirimidin qism (sayt) ham deyiladi). Bu instruksiyaga xos bo‘lmagan buzi-
lishlar apurin/apirimidin endonukleazalar tomonidan parchalanadi. To‘g‘ri DNK 
zanjiri keyin DNK polimeraza va DNK ligaza fermentlari zanjirli faoliyati tufayli
tiklanadi. BER enzimlari ichidan kimyoviy kanserogenezga kuchli aloqador 
bo‘lgani N-metilpurin DNK glikozilaza bo‘lib, turli alkillangan DNK asoslarni 
hamda mutagen “eteno” adduktlarni kesib olib tashlaydi (quyida ko‘ring).
Uchinchidan, kam samarali lekin kop funksiyali nukleotid kesib olib 
tashlovchi reparatsiya (NER) yoli zararlangan DNK qism (sayt) laridan butun 
nukleotidlar qatorini kesib olib tashlaydi (rasm 8.6.). Eukariotlarda NER o‘z
ichiga 30 dan oshiq proteinlarni oladi va hujayralarga bir qator stresslarga, 
jumladan, UB-nurlanish, polisiklik aromatik karbonsuvlar va oksidativ stresslar 
ta’siriga qarshi turishida yordam beradi.
Spetsifik DNK adduktlarini aniqlashdan ko‘ra NER addukt shakllanishi 
bilan bog‘langan qo‘sh spiraldagi buzilishlar va xatoliklarga (bulges) javob 
beradi, shunday qilib turli genotoksik agentlar sababli kelib chiqqan buzilishlarni 
reparatsiya qilishga imkon beradi. Alohida endonukleazalar DNK asosining 
zararlangan qismi (sayt) ikki tomonidan ham kesish uchun paydo bo‘ladi, masalan, 
ERKK1/XPF protein adduktning 3’ tomonidan parchalasa, XPG 5’ tomonidan 
parchalaydi. Ozod addukt saqlovchi oligodeoksinukleotid odatda 24-32 ta asos 
tutadi. Hosil bo‘lgan tirqish DNK polimeraza tomonidan toldiriladi, keyin DNK 
ligaza tomonidan DNK reparatsiya qilinadi.
Qayd qilish kerakki, turli NER proteinlari genomdagi (umumiy genom 
reparatsiyasi [GGR]) boshqa zararlangan joylariga nisbatan faol ekspressiv genlar-


202 
ning transkripsiyalangan zanjir (ya’ni transkripsiya- ikkilangan reparatsiya) qismi 
ichidagi DNK adduktlarini reparatsiya qiladi. NER tizimining funksional 
yetishmovchiligidan aziyat chekuvchi bemorlar salomatligida sezilarli asoratlar 
kelib chiqadi (pigmentli kseroderma, Kokkeyn sindromi). 
5) DNK adduktlar va apoptoz. Ko‘p miqdorda DNK adduktlar tutuvchi 
hujayralar ularning reparatsiya qobiliyati juda ko‘p mutatsiyalarni bartaraf qila 
olishini hal qilishi kerak. Agar buni uddalay olmasa, organizm o‘sha hujayrani
apoptoz yo‘li bilan qurbon qilishi eng yaxshi yo‘l bo‘lishi mumkin. Muqobil
yo‘llardan biri hujayralarning hujayra replikatsiyasini hujayraviy siklni nazorat-
o‘tkazish punktlarini faollashtirish yo‘li bilan tormozlashi DNK zanjirini 
reparatsiyalovchi enzimlarning tiklanishi uchun vaqt yutishga imkon beradi. Bu 
ikki yo‘ldan birini tanlash o‘z ichiga DNK adduktlarni aniqlovchi samarali 
sensor tizim va kinazalar orqali signallarni “ijro etuvchi proteinlar” ga, ya’ni 
hujayra sikliga yoki o‘limiga ta’sir etuvchi vositachilarga o‘tkazishni oladi. DNK 
shikastlanishiga javob (DDR) tizimida kalit sensorlarga ATM (ataksiya-
telangiektaziya mutatsiylangan), ATR (ATM va Rad3 bog‘liq) va DNK-PK. Bu 
sensorlar DNK replikatsion apparati replikatsiyani bloklovchi adduktlar bilan 
to‘qnashganda yoki qo‘sh spiral ajralganda hosil bo‘luvchi to‘xtatilgan DNK 
replikatsion sanchqisi tomonidan faollashtiriladi.
Bir qancha quyi proteinlar fosforillanishi bilan aktivlangan DDR sensorlar 
kalit tanlov nuqtasi proteinlari, masalan, p53 transkripsiya omili faoliyatini 
boshqaradi, bunda hujayra yashashi, tiklanishi uchun vaqt berish yoki hujayra 
o‘limini boshlash hal qilinadi. P53 faollashuvining oxirgi natijasi – hujayra sikli 
ingibirlanishi, DNK reparatsiyasi yoki apoptoz bo‘lishi - DNK shikastlovchi 
birikma tabiatiga va nishon hujayra genomidagi bor bo‘lgan DNK adduktlari 
miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
53
6) DNK adduktlari va gen disfunksiyasi. Ta’sirga uchragan gen normal 
funsiya bajarishi, DNK addukti replikatsiyasi davomida mutatsiyalar induksiyasi 
53
Hollstein M et al. p53 mutations at A:T base pairs in angiosarkomas of vinyl chloride-exposed factory workers. 
Carcinogenesis. 1994;15:1–3. 


203 
neoplastik holat kelib chiqishini yengil-lashtirishi mumkin. Masalan, funksiya 
paydo bo‘lishi va yo‘qolishi natijasidagi gen mutatsiyalar oldin eslab o‘tilgan 
saratonning 8 farqli belgilaridan bir yoki undan oshiq belgilarini yuzaga chiqarishi 
mumkin. Bir tarafdan, ras yoki mik (myc) guruh onkogenlarda mutatsiyalar 
aktivatsiyasi hujayralarga boshqarib bo‘lmaydigan hujayralar ko‘payishi 
qobiliyatini berishi mumkin. Muqobil ravishda, kimyoviy kanserogenez davomida 
mutatsion inaktivatsiya uchun umumiy nishonlar o‘smani suppressiyalovchi 
genlar, masalan, p53, FHIT yoki rb kabi. Mutatsiyalar inaktivatsiyasi hujayralarni 
genetik nostabillikga moyil holatda qolishiga sabab bo‘lgan holda DNK reparativ 
qobiliyatini ham zaiflashtirishi mumkin. Addukt - keltirib chiqargan mutatsiyalar 
biologik oqibatlari keng o‘rganilgan. 
7. DNK adduktlari kimyoviy ta’sir biomarkerlari sifatida. O‘sma induk-
siyasidagi ularning roliga qo‘shimcha ravishda DNK adduktlari individlarga 
kanserogen moddalar ta’sirining foydali markerlari hamdir. Nishon to‘qima 
genomidan kesib chiqarib tashlanganda kesilgan adduktlar erkin asos holatida
yoki intakt deoksinukleotid holatida siydikda chiqarilishi mumkin. Mass-
spektrometriya qo‘llanuvchi sezgir tahliliy usullar yordamida siydikdagi DNK 
addukt ekskretsiyasini miqdoriy baholash, genotoksik kanserogenlar ish joyi yoki 
hayot tarziga ta’siri haqida foydali xulosalar qilishga imkon beradi.
Shu bilan bir qatorda, tajribadagi sub’ektlardan olingan qon namunalaridan 
ajratib olingan DNK tahlilida bu texnologiyalardan foydalanish DNK-
shikastlovchi 
kanserogenlarning individlarga ta’siriga oydinlik kiritadi. 
Individning DNK sida adduktlar darajasi haqida qisman miqdoriy tushunchaga 
ega bo‘lish uchun bir klassik usul 32P-postlabelling sinamasi orqali amalga 
oshirildi. Bu jarayonda, kanserogen ta’siriga uchragan individdan olingan DNK
namunalar ingichka qatlamli xromatografiya usulida ajratilishidan oldin 
radioaktiv ATF bilan fosforillangan.
Normal adduktlanmagan deoksinukleotidlar tezda xromatografiya gelidan 
ajraladi, adduktlangan deoksinukleotidlar esa hajmi va fizik-kimyoviy xususiyat-
lariga bog‘liq ravishda sekinroq harakatlanadi. Oxirgi adduktlar keyinroq rentgen 


204 
radiografiya orqali aniqlanadi. Kurt Randerat tomonidan ishlab chiqilgan bu yuqori 
sezgir usul, ayniqsa, gidrokarbon aralashma yoki qazib olinuvchi yoqilg‘i ta’siriga 
uchragan ish joylari va metall quyish joylaridagi ishchilar va chekuvchilardan 
olingan DNK namunalarida yirik hajmdagi DNK adduktlarining quyi darajalarini 
aniqlashda mos keladi. Shuningdek, DNK adduktlarini genotoksik kansero-
genlarni ta’sirini “molekulyar dozimetr” lari sifatida ishlatish juda katta ta’sirga 
ega bo‘lishi mumkin, endogen genotoksikantlar ta’siri ostida oddiy adduktlar 
shakllanganda asoratlari paydo bo‘lishi mumkin.
Bunday adduktlarning borligini ko‘p yillar oldin Kurt Randerat tomonidan 
qilingan 32P- postlabelling tadqiqotlarida taxmin qilingan, o‘shanda u kanserogen 
ta’siriga sezilarli uchramagan nazorat guruhidagi individlardan olingan DNK 
namunalaridagi tavsiflanmagan “I- birikmalar” ni (I=tug‘ma adduktlar) ta’riflab 
bergan. Randerat qayd etishicha, I-addukt darajasi DNK donori yoshi va ularning 
ovqatlanish ko‘nikmalariga ko‘ra turlicha bo‘ladi.
8.3-jadval

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling