O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
9.3. Alkogolning toksikokinetikligi Ikki uglerod atomi, kislorod atomi va bir qancha vodorod atomidan tashkil topgan kichkina hajmli etanol qator fiziologik jarayonlarni boshdan kechirar ekan, kuchli ta’sir oladi. Murakkab tuzilmali va nozik fizik-kimyoviy xususiyat- lari bo‘lgan ko‘plab dori vositalari bilan solishtirganda, alkogolning toksiko- 219 kinetikligi nisbatan oddiydir. Etanol molekulasi tabiatda amfipatik hisoblanib, suvga intiladigan polyar chekkasi va suvli muhitdan qochadigan nopolyar chek- kasiga ega. Bunday gidrofillik va gidrofobik xususiyatlarga ega etanol hazm qilish yo‘liga tushar ekan, samarali so‘riladi. Etanolning kichik hajmi membranalar orasidan o‘tish xususiyati va hujayralar orasidagi bo‘shliqlarga kirishni ham yengillashtiradi. Osonlikcha so‘rilar ekan, ichaklardagi alkogol konsentratsiyasi qon konsentratsiyasini aniqlab beruvchi birlamchi omil hisoblanadi. Ichkilikning miqdori ustida o‘tkazilgan tajribada, bir yutishda katta dozadagi alkogolni ichganda, xuddi shu dozani kam- kamdan bir necha martaga bo‘lib ichishga nisbatan qonda konsentratsiya yuqori bo‘lgani kuzatilgan. Och qoringa ichilgan alkogol ham qonda konsentratsiyaning ko‘tarilishiga olib keladi, sababi yog‘lar, oqsillar va murakkab uglevodlar kabi oziq-ovqat moddalari alkogolning qonga so‘rilishi jarayonini sekinlashtiradi. Bu omil o‘z o‘rnida ochlik holati bilan solishtirilganda to‘q organizmda moddalar almashinuv jarayoni tez sodir bo‘lishi bilan qisman to‘ldiriladi. Alkogolning suvda tez erish fazilati uning kinetik xususiyatlarini to‘ldirish uchun oqsil plazmalari bilan birlashib qonda bir me’yorda tarqalishini ta’minlaydi. 55 Organizmda va to‘qimalarda alkogolning joylashishi ushbu to‘qimaning yog‘ va suv tarkibiga bog‘liq. Organizmning alkogolga nisbatan sezuvchanligida yog‘ tarkibi ham katta rol o‘ynaydi. Bu omil alkogol toksikokinetikligida jins (gender) farqi ham ahamiyatli, sababi ayollarda tana yog‘ miqdori erkaklarnikiga nisbatan yuqoriligi sababli, ularda konsentratsiyaning organizmga yoyilishi ham sekinroq kechadi. Ushbu omil ayollarda ichkilikbozlik bilan bog‘liq jigar kasalliklarining nisbatan ko‘p uchrashining sababi qilib ko‘rsatiladi: sust tarqalish yuqori konsentratsiyali plazmalariga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z o‘rnida ichki a’zolarning toksikantlar hujumiga duchor bo‘lishiga olib keladi. Etanolning organizmda chiqib ketishi asosan modda almashinuvi jarayonida sodir bo‘ladi, bug‘lanuvchi 55 Mellion M et al. Alcohol-related peripheral neuropathy: nutritional, toxic, or both? Muscle Nerve. 2011;43:309–16. 220 modda sifatida taxminan 10 % hazm bo‘lmasdan nafas yo‘li orqali, ter va peshob yo‘llari bilan chiqib ketadi. Qondagi etinol spirtining o‘pka orqali chiqib ketishi qon plazmasidagi konsentratsiyadan dalolat beradi. Alkogol toksikligida metabolizmning ahamiyati beqiyos ekanligini hisobga olib, bu mavzu keng va chuqur o‘rganilishi kerak, degan xulosaga kelamiz. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling