O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   127
 
9.1. Alkogol va inson kasalliklari 
 
Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari spirtli ichimliklar iste’moli 
oqibatlarini o‘rganish bilan band bo‘lgan bir paytda, zamonaviy toksikologlar 
alkogolning ayrim iste’molchilar tana a’zolariga qanday zararlar yetkazishini 
tushunish ustida izlanishlar olib bormoqda. Ikkinchi masala nuqtai-nazaridan
me’yorida iste’mol qilinadigan alkogolning yurak-qon tomirlariga foydasi 
surunkali ko‘p ichish bilan kechadigan uzoq davom etgan patologiya bilan 
muvozanatda bo‘lishi kerak. Dunyo bo‘yicha, har yili 2.5 million kishi ichkilik-
bozlik bilan bog‘liq sabablardan vafot etadi. Bu Rim, Toronto yoki Beyrut 
aholisiga tog‘ri keladi. AQSh da ichkilikbozlik aholi orasida oldini olish mumkin 
bo‘lgan o‘lim sabablaridan uchinchi o‘rinda turadi. Ichkilikbozlikka berilishning 
iqtisodga ta’siri ham ancha sezilarli: kuzatuvlar natijasi 2006-yilda birgina AQSh 
da 257 milliard dollar zararni qayd etgan. Spirtli ichimliklar iste’mol qilishning 
muammo bo‘layotgan turlari ham juda yuqori: o‘rta hisobda, har 20 kishidan 1 
tasida alkogolizm bilan kasallanganlik belgilarini kuzatish mumkin, bularni 
ichiga ichishni nazorat qila olmaslik, ichish bilan ko‘ngil xushlash, ichishni tan 
olmaslik va aniq kasallik belgilari bo‘la turib ichishda davom etishlar kiradi. 
AQSh alkogol ichimliklarining toksikligini o‘rganishga katta kuch va mablag‘ 
ajratishiga qaramasdan, bu muammo boshqa davlatlarda ham juda keng tarqalgan. 
Bu davlatlar orasida Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Meksika, Janubiy Afrika 
va Ukraina ko’p tilga olinadi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tomonidan ta’minlanadigan 
Spirtli Ichimliklar va Sog‘liqni kuzatish Global Ma’lumot Tizimi axborotiga 
ko‘ra, spirtli ichimliklar kasalliklarning 60% dan ko‘prog‘ining keltirib chiqa-
ruvchisi hisoblanadi. Bu 9.1-jadvalda ko‘rsatilgan. Bu kasalliklarga to‘laligicha 
alkogol sabab paydo bo‘lganlari hamda klinik belgilari asosida „ichkilikbozlik“ 


217 
tamg‘asi bosilganlari kiritiladi. Toksikologiya fani uchun ahamiyati katta 
bo‘lganligi sabab, mazkur bobda spirtli ichimliklar mavzusini mumkin qadar 
chuqurroq qarab chiqishga harakat qilamiz. 
9.1-jadval

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling