eksperimentator tartibga solib turadi (perfuziya usuli) va tirik to‟qimalar uchun zarur tashqi
muhit-muayyan harorat, namlik va shu kabilar muxayyo qilinadi.
Yuqorida "sanab o‟tilgan usullaming hammasi organizmda sodir bo‟ladigan jarayonlar
tabiatini chuqur bilib olishga xizmat qiladi. Ular hujayra darajasigacha, hatto uning a‟zolarigacha
tahlil qilinadi, mikrofiziologik tajribalarda, masalan, yakka mushak, asab hujayrasi va boshqa
hujayralar tekshiriladi. Biror a‟zo to‟qima yoki hujayrada ro‟y beradigan har bir fiziologik jarayonni
organizmda sodir bo‟ladigan boshqa hamma jarayonlardan alohida o‟rganish fiziologiyadagi
analitik (tahliliy) tadqiqot vazifasidir. Bu holda yolg‟iz a‟zo, to‟qima, hujayraning funksiyasi, faqat
shu jarayon haqida har tomonlama tasavvur olish mumkin. Ammo organizmning hayot faoliyatini
to‟g‟ri bilib olish uchun buning o‟zi kamlik qiladi. I.P.Pavlov «Sintetik fiziologiya» deb atagan
tadqiqotlar yo‟nalishi zarur. Bu faoliyatni I.P.Pavlov ayrim a‟zo, to‟qima va hujayralarni
o‟rganadigan “tahliliy fizioligiya” ga qarshi qo‟ygan edi. I.P.Pavlov so‟zlari bilan aytganda
organizmning tashqi muhit bilan hamma aloqalarini va o‟zaro munosabatlarini o‟rganish sintetik
fiziologiyaning vazifasidir. Bunday tekshirishda fiziolog organizm o‟rganilayotgan sharoitni tabiiy
sharoitga maksimal darajada yaqinlashtirishga intiladi.
So‟nggi yillarda fiziologlar va tibbiyot xodimlari fizika, radiotexnika, elektronika va
kibernetikaning zamonaviy muvoffaqiyallaridan foydalanmoqdalar, bu esa sog‟lom va kasal
organizm funksiyalarini o‟rganishda katta yordam beradi. Organizm funksiyalarini
tekshirishning yangi usullari ishlab chiqildi, eski usullar takommillashtirildi, odam va
hayvonlar organizmiga qanday bo‟lmasin shikast yetkazmasdan, uning ko‟p funksiyalarini
o‟rganish mumkin bo‟lib qoldi. Masalan, miyachaga elektrodlar qo’yib va elektr o’lchash
Do'stlaringiz bilan baham: |