O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Jolinus Hakim (Kladviy Galen, 129-201)


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Jolinus Hakim (Kladviy Galen, 129-201) hayvonlar yuragini va qon tomirlarini o‟rganib, 
arteriyalarda havo emas, balki qon oqishini, birinchi bo‟lib isbotlagan. Jolinus qonning tomirlard
:

to‟xtovsiz aylanishini bilmagan. U «xom» qon jigarda hosil bo‟lib, yurakning o‟ng tomoniga keladi 


19 
va qorinchalar o‟rtasidagi teshik orqali chap tomonga o‟tib, qon tomirlar bo‟ylab ichki a‟zolarda 
tarqaladi. dcb o‟ylagan. Jolinusning qon harakati to‟g‟risidagi bu xato g‟oyatari o‟rta asrlargacha 
hukmron bo‟lib keldi. Jolinus organizm tuzilishi va funksiyasini aniq bilmay turib, kasallikni 
aniqlash, bemorni davolash mumkin emasligini yaxshi bilar edi.Tabiat fanlari va tibbiyotga 
tajribani, kiritish Jolinusning buyuk xizmatlaridan biridir. U bosh va orqa miya faoliyatini tekshirib, 
odamning ruhiy xusuiyatlari bosh miya faoliyatiga bog‟liq bo‟lishini aytgan. 
O‟rta asrlar davomida Sharq mamlakatlarida ilm va fan juda rivojlandi. Xurosonda yashab 
ijod etgan tabib va dorishunoslardan Abu Zayd Husayn ibn Isoq al Ibodiy (808-877) arab, 
fors, qadimgi grek tillarini yahshi egallangan. Buqrot, Arastu, Jolinus va boshqa antik olimlarning 
ilmiy asarlarini arab tiliga tarjima qilgan olim. Tarjimalaridan tashqari Husayn ibn Isoq tomonidan 
yozilgan 100 dan ortiq asarlaridan aksariyati tibbiyot va dorishunoslikka bag‟ishlangan asliy asarlar 
nusxalari bizga yetib kclgan. Buqrot va Jolinusdan keyingi qadimgi Sharq tabobatining yirik 
nazariyotchi namoyondasi Husayn ibn Isoq tomonidan yozib qoldirgan meros asarlari boshqa tilga 
ham tarjima-.qilingan. Shunday asarlandan biri «Javome‟ kitob Jolinus fi-l-Bavl» (Jolinusning 
siydik haqidagi hamma narsani qamrab olgan kitobi) dir, Arab tiliga Husayn tarjima qilgan bu asar 
siydik tahliliga va uning asosida tashxis qo‟yishga bag‟ishlangan. 
Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug’ ibn Tarxon al-Farobiy Toshkentning shimoli-
g‟arbida joylashgan Farobda harbiy xizmatchi oilasida dunyoga keldi. U qomusiy bilimlar sardori, 
o‟z zamonasining yirik tibbiyot nazariyotchisi va shu sohada jahonshumul asarlar, yozgan alloma 
hamdir. Al-Farobiyning 160 dan ortiq astronomiya, matematika, falsafa, tarix, mantiq, psixologiya, 
tilshunoslik, adabiyot, musiqa, tabiatshunoslik, tibbiyot, kimyo sohalarni qamrab olgan asarlari 
mavjud. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling