O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Uchunchi sаvоlning bаyоni


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Uchunchi sаvоlning bаyоni.
Odam fiziologiyasi tarixi uzoq o‟tmishga borib taqaladi. Qadimgi ilmiy izlanishltirda 
tajribalar kishi tanasining tuzilishi va uning faoliyatini bilish, o‟rganish uchun turtki bo‟lib xizmat 
qildi. Bu intilish, tabiatshunoslar va tabiblar uchun muhim nazariya va ilmiy poydevor bo‟lib 
xizmat ko‟rsatadi, chunki tabiblar ruhun kasallikning kelib chiqish sabablari, uni davolash yo‟llarini 
qidirib topish uchun zarurat edi. 
Odam fiziologiyasining taraqqiyoti asosan ikki bosqichda rivojlandi. 
 Birinchisi, odam anatomiyasi, ya‟ni a‟zolarning tuzilishini va joylanishini o‟rganish, 
ikkinchisi, shu a‟zolarning faoliyati (funksiyasi), ya‟ni a‟zolarda bo‟lib o‟tadigan turli jarayonlarni 
o‟rganish. 
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun avvalo odam a‟zolariga o‟xshash a‟zoli hayvonlar 
o‟liklarini kesib, a‟zolarning joylanishini va tuzilishini o‟rganila boshladi, so‟ngra a‟zolarning 
funksiyasi to‟g‟risida fikr yuritila boshladi.
Odam organizmining hayot faoliyatini o‟rganishga qadimgi Yunoniston, Rim, Xitoy, 
Hindiston va Misr olimlari asos sotgan. Masalan, Buqrot eramizdan oldingi (460-377) yillarda 
tabiat va tibbiyot sohasida o‟zigacha bo‟lgan ma‟lumotlarni to‟plab kuzatishlari asosida tibbiyot 
fanidan 7-ta ilmiy asarlar yozgan, bu qo‟llanmalardan tabiatshunoslar, shifokorlar va faylasuflar 
2000 yil davomida foydalanib kelmoqda. Buqroq ko‟hna Yunoniston tibbiyotining reformatori 
(qayta quruvchisi) hisoblanadi, yurak va qon (oiqirlari. hamda odamning tnijozi (temperamenti) 
haqida muhim ma‟lmnotlar bergan. 
Buqrotning birinchi ustozi uning otasi Geraklid bo’lgan. U Yunonisionda, Rimda, 
Kichik Osiyoda va Liviyada shifokorlik maktablarini o‟tgan va uni insoniyat klinik tibbiyotining 
asoschisi sifatida tan olgan. Uning nomi bilan «Gippokrat qasami» shifokorlar orasida keng 
tarqalgan. Buqrotning shifokorlarga «Zarar keltirma» degan vasiyati hozirgi zamon tibbiyot 
xodimlariga ham taalluqlidir.
Turli hulq-atvor va hatti-harakatlarga ega bo‟lgan odamlar mijozi bo‟yicha Buqrot 
quyidagilarni yozgan: mijozi issiq odamlarni sangvinik- serharakat, ildam deb atagan. Vujudi 
sovuq, shilimshiq bo‟lgan kishilarni flegmatik - «sovuqqon», vazmin mijozga ajratgan. Qiziqqon, 
serjahl kishilarmi xoterik deb atagan va vujudi qora, qo‟yilgan o‟t ko‟payib kelgan kishilar 
melanxoliklarni tashkil qilib, ular ivirsiydigan, o‟ziga ishonmaganlardir. 
Yunonistonda yashagan yirik olim, faylasuf Arastu tibbiyot fanlarining, tibbiy yonalishing 
rivojlanishida muhim rol o‟ynaydi. U solishtirish usulidan foydalanib, hayvonlarning 500 dan ortiq 
turining tashqi tuzilishini tasvifladi va yangi ma‟lumotlar berdi. Arastu asabni bir-biridan farq qitdi, 
yurak bilan qon tomirlarining tuzilishini, o‟zaro bog‟liqligini bayon etdi. U tabiatshunoslikda 
vitalistik nazariyaning birinchi vakiJlaridan bo‟lgan olimdir. Arastuning ilmiy qarashlarida ruh 
birlamchi, materiya ikkilamchi degan fikrlarni ham ilgari surdi. Arastu, Buqrot va boshqa ba‟zi 
olimlarning tabiatshunoslikga oid ayrim noto‟g‟ri fikrlari bir necha yuz yillar mobaynida o‟z 
kuchini saqlab keldi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling