O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Oxirgi yoki keyingi miya nima? 2. Uzunchoq miyaning tuzilishi va funksiyalarini belgilab bering. 3. Uzunchoq miyaning reflekslarini belgilab bering. 60 3-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga o‘rta miya hаqidа mа‘lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. O‘rta miyaning markaziy asab tizimida joylashgan o‘rnini aytib bera oladi. 1.2. O‘rta miyaning fiziologik xususiyatlarini tushuntirib bera oladi. Uchinchi sаvоl bаyоni. O‘rta miyada to‘rt tcpalik yadrolari (ular Silviy suv yo‘lining ustida qopqoq- tectum sohasida joylashadi), qizil yadro, ko‘zni harakatlantiruvchi va g‟altak asablarning yadrolari va qoramtir modda bor. Talamusga, katta yarim sharlarga va miyachaga imputs olib boradigan barcha ko‘tariluvchi yo‘llar va uzunchoq miya bilan orqa miyaga impuls yetkazib beradigan tushuvchi yo‘llar o‘rta miya orqali o‘tadi. Uzunchoq miyadagi kabi, o‘rta miyada ham to‘rsimon formalsiya neyronlari bor. O‘rta miya yadrolari bir qancha muhim reflektor funksiyalarni bajaradi. To‘rt tepalikning oldingi do‘mboqlari birlamchi ko‘ruv markazlari bo‘lib, yorug‘lik ta‘siriga javoban ba‘zi reflekslarning yuzaga chiqishida qatnashadi. Bu rcflekslarga ko‘rish - chamalash (oriyentirovka) reflekslari kiradi. Bu reflekslar shundan iboratki, hatto yarim sharlardan mahrum bo‘lgan, ammo o‘rta miyasi butun qolgan hayvon yorug‘lik ta‘siriga javoban ko‘z va tana harakatlari bilan reaksiya ko‘rsatadi. To‘rt tepalikning oldingi do‘mboqlari qorachiq refleksining yuzaga chiqishida qatnashadi. O‘rta miyaning birlamchi ko‘ruv markazlari bilan aloqador reflekslarga ko’z akkomadatsiyasi (turli masofada to‘r pardaning moslashuvi) va ko‘ruv o‘qlarining bir nuqtaga qo‘shilishi -konvergensiya kiradi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling