O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Lateral gipotalamus esa o‘tkazuvchan elementlar joylashgan yadrosiz mintaqani tashkil 
etadi. Oldingi miyaning tutamini tashkil qilib, miya ustunining yuqori va pastki bo‘limlariga yo‘llar 
ochib beradi. Lateral gipotalamusda asab hujaralari aralash joylashgan. 
Umumiy qilib aytganda, gipotalamus juda ham murakkab integrativ tuzilma bo‘lib, 
miyaning turli qismlari bilan boy afferent va effereni tolalar orqali morfo-fiziologik aloqadadir. 
Gipotalamus modda almashinuvi (oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar, tuzlar va suv almashinuvi) 
da ishtirok etadi, issiqlik hosil bo‘lishi va issiqlik chiqarish hamda uyqu va bedorlik jarayonlarini 
boshqaradi. Gipotalamus neyronlarida ba‘zi bir gormonlar hosil bo‘ladi, qaysiki neyrogipofizda 
zaxira bo‘ladi. Gipotalamusning oldingi guruh yadrolari parasimpatik asab tizimining oliy 
markazlari va gipotalamusning orqa guruh yadrolari esa simpatik asab tizimining oliy markazlari 
hisoblandi. Shunday qilib laieral gipotalamus organizmda ko‘p vegetativ jarayonlarni boshqaradi. 
Gipotaiamusning ko‘p yadrolari umurtqali hayvonlarda oliy asab faoliyati jarayonlarida
uyqu va bedorlik siklida hamda qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiraning shakllanishida juda 
katta rol o‘ynaydi. Uni olib tashlaganda yuqorida zikr etilgan jarayonlar keskin buzilib ketadi. 
Qishki uyquga ketuvchi hayvonlarning gipotalamus orqa guruh yadrolarining yemirilishi natijasida 
qishki uyquga ketuvchi hayvonlar (tipratikon, yurmonqoziq) da qishki uyqu buziladi va ular 
uyqudan bedor bo‘lmaydi. Ayni holda, agar bu hayvonlarda gipotalamusning oldingi guruh 
yadrolari oldindan shikastlangan bo‘lsa, ular qishki yquga ketmaydi. 
Shunday qilib, gipotalamus funksiyalari vegetativ asab tlzimi, somatik asab tizimiendokrin 
bezlar, qon aylanish va nafas olish hamda termoregulyasiya va oliy asab faoliyati bilan bog‘liq 
bo‘lishida hech shubha qolmaydi. 
Gipotalamus miyaning boshqa qismlari bilan uyg‘unlikda jinsiy axloq va ko‘payishga 
aloqador boshqa hatti-harakatlarning shakllanishida ishtirok etadi. Hayvonlar hamjihatligida ko‘p 
kuzatiladigan agressiya va tajovuzkorlik ham gipotalamasning oldingi sohalariga bog‘liq. 
Orqa va lateral gipotalamusda neyronlar qo‘zg‘alganida ochlik holati uchun xos xatti-
harakatlarni ruyobga chiqaradigan soha topilgan. U ta‘sirlanganda hayvon ovqat qidira boshlaydi
so‘lagi oqib, hazm tizimi a‘zolari harakati kuchayadi. Lateral gipotatamusdagi hu soha ―ochlik 
markazi‖ deyiladi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling