O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

oxirlari deb ataladi. 
Analizatorning periferik bo‘limi (retneptor) maxsus asab tuzilmasi bo‘lib, tananing turli 
qismlarida (teri, pay, ko‘z, quloq, burun, til, ichki a‘zolar, qon tomirlari va hokazo) joylashgan. 
Retseptorlarning soni juda ko‘p, masalan, terining l sm
2
sathida 200-400 tagacha, butun sathida esa 


69 
8 mln ga yaqin retseptor bor. Barcha ichki a‘zolarida taxminan 1 mlrd ga yaqin retseptor mavjud. 
Tashqi va ichki muhitda paydo bo‘lgan axborot retseptorlar orqali qabul qilinadi. 
Analizatorlarning o‘tkazuvchi qismi-bu sensor (sezuvchi) asab tolasidan iborat bo‘lib, u 
reiseptordan ta‘sirotni qabul qilib bosh miya po‘stlog‘ining proyeksion mintaqasiga yetkazadi. 
Analizatorning markaziy (po‘stloqdagi) qismi bosh miya po‘stlog‘ining turli sohalarida 
joylashgan va sezuvchi asab markazlaridan iborat. Bu markazlarda muayyan sezgi a‘zolaridagi 
retseptorlardan kelgan ta‘sir tahlil qilinib, ularning mazmuniga ko‘ra (sintez) javob reaksiyasi hosil 
bo‘ladi. 
Reiseptorlarning adekvat ta‘sirlovchilariga qarab: I)mexanoretseptorlar ta‘sirlovchining 
mexanik energiyasini qabul qilshga moslashgan. Bunday reiseptorlar teri, yurak-tomir tizimi, ichki 
a‘zolar, tayanch harakat apparati, eshituv va muvozanatni saqlash tizimlariga xos. 
2. Termorelseptorlar - harorat o‘zgarishini sezadi. Issiqni va sovuqni sezuvchi 
termoretseptorlarning ko‘p qismi terida joylashgan. Ichki a‘zolar va markaziy asab tizimida ham 
shunday retseptorlar bor. 
3. Xemoretseptorlar - kimyoviy omillar ta‘siriga sezgir. Ular ta‘m va hid sezuvchi sensor 
tizimlarning chet qismini tashkil qiladi. Bu tipdagi retseptorlar qon tomirlar tizimining turli 
qismlarida va ba‘zi to‘qimalarda ham uchraydi. 
4. Fotoretseptorlar - nur energiyasini qabul qiladi. Bu retseptorlar yorug‘lik energiyasini 
ajratish va rang ko‘rish imkonini beradi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling