O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

ikkinchi bosqichi deyiladi. Bu davr davomida membrana orqali Na
+
ionlarining o‘tkazuvchanligi 
ortib, mahalliy elektrik potensiali hosil bo‘ladi, buning natijasida hosil bo‘ladigan potensial 


70 
retseptor potensiali deb ataladi. 
Ta‘sir potensialining tarqalishi membrananing qarshilik ko‘rsatishiga va hajmiga bog‘liq 
bo‘lib, elektroton deb ataladi. Shu sababli asab tolalarida retseptor potensialimng sekinlik bilan 
tarqalishi elektrotonik tarqalish deb ataladi. Retseptor potensialining elektrotonik tarqalishi, 
neyron dendritlari va soma orqali aksonga berilishi relseptor faoliyatining uchinchi bosqichi 
hisoblanadi. 
Nihoyat, to’rtinchi bosqich retseptorlarda ta‘sirotni asab impulslarga aylanishidan iborat. 
Hosil bo‘lgan axborot impulslari afferent asab tolalari orqali markaziy asab tizimining tegishli 
sensor mintaqalariga yetkazib beriladi. 
 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Distant (masofadagi) retseptorlarga qaysi retseptorlar kiradi? 
2. Kontakt (teguvchi) retseptolarga qaysi retseptorlar kiradi? 
3. Retseptorning adekvat ta‘sirlovchilari deb nimani tushunasiz? 
4. Retseptor potensiali nima? 
 
3-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga analizatorlarning umumiy tuzilishi hаqidа 
mа‘lumоt bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Analizatorlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni izohlab bera oladi.
Uchinchi sаvоl bаyоni. 
1. Ko’p qavatlilik - analizator tarkibida bir necha qavat neyronlar mavjud. Boshlang‘ich 
neyronlar retseptorga qarashli, oxirgi neyronlar esa miya po‘stlog‘ining assotsiativ mintaqasidagi 
neyronlarga konvergensiya bo‘ladi. Ko‘p qavatlilik bosh miya po‘stlog‘ining polimodal (turli 
xarakterga ega bo‘lgan) tabiatini ifodalaydi, chunki polimodal signallarning birlamchi afferent 
sintezi markazi assotsiativ mintaqalar hisoblanadi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling