O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Taktil va bosim resepsiyasi deb nimaga aytiladi? 
2. Taktil va bosim resepsiyasining bir-biridan farqi nimadan iborat? 
3. Taktil va bosim resepsiyasi qanday aniglash usullari mavjud? 
 
8-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga hid bilish analizatori hаqidа mа‘lumоt bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  


75 
1.1. Hid bilish analizatorini izohlab bera oladi.
1.2. Hid bilish jorayonini tushuntirib bera oladi.
Sakkizinchi sаvоl bаyоni. 
Hid bilish analizatori 
Hid bilish va ta‘m bilishni "kimyoviy sezgilar" deb atashadi, chunki ular kimyoviy 
ta‘sirlovchilarning retseptorlariga ta‘sir etishi natijasida kelib chiqadi. Hid bilish retseptorlari burun 
bo‘shlig‘ining shilimshiq pardasida joylashgan bo‘lib, ularning soni o‘rtacha 30-40 mln ga teng. Bu 
retseptorlarda ko‘plab mayda tukcha bo‘lib, ularning uzunligi 1-2 mikron atrofida. Burun 
bo‘shlig‘ining hid sezuvchi sathi 5 sm bo‘lib, sezuvchi hujayra tukchalarining ko‘p bo‘lishi 
hisobiga hid bilish sathi 100-150 marta ortadi. 
Odamda 60 mln.ga yaqin hid sezish retseptorlari bor. Hid biluv retseptorlariga turli 
kimyoviy moddalarning ta‘sir etish mexanizmi hozircha aniq emas. Hid sezish retseptorlarining 
ta‘sirlanishi ba‘zan atom guruhlarning kimyoviy ta‘sirga bog‘liq, deb faraz qilinmoqda. Ammo, 
tizilmasi yoki kimyoviy xossalari bilan bir-biriga yaqin turadigan moddalarning butunlay har xil 
hidli ekanligi kimyoviy gipotezalarga zid keladi. Hid sezgisi kelib chiqishi uchun modda zarralari 
hidlov sohasining shilliq pardasiga tushib, hid biluvchi retseptorlarga ta‘sir etishi kerak. Hidli 
moddalarning ta‘sir bo‘sag‘asi juda past, shuning uchun bu moddalar bir necha marta qayta-qayta 
hidlanadi. Buni moddaning hidini bilmoqchi bo‘layotgan kishiga yoki har narsani iskaydigan 
hayvonga qarab bilish mumkin. 
Hid bilish sezgisining jadalligi hidli moddaning kimyoviy tarkibiga, havodagi 
konsentratsiyasiga va burundan o‘tish tezligiga, shuningdek hid bilish retseptorining fiziologik 
holatiga bog‘liq. Hidli modda taralgan havoning burunga kirishi tezligi qancha katta bo‘lsa, hid 
bilish sezgisi o‘shancha kuchli bo‘ladi. 
Hidli moddaning havodagi konsentratsiyasi bir xil bo‘lsa, u hid biluv retseptorlariga ta‘sir 
etayotgaii dastlabki paytdagina hid bilish sezgisining intensivligi maksimal bo‘ladi. Keyinchalik hid 
bilish sezgisi susayadi. Buning sahabi shuki, retseptorlar adaptatsiyasi tez, taraqqiy etadi, shunga 
ko‘ra retseptorlarning sezuvchanligi pasayadi. Shu sababli hidli moddaning havodagi 
konsentratsiyasi katta bo‘lgan binoda bir necha vaqtgacha bo‘lgan odam hid sezmaydigan bo‘lib 
qoladi. Hidli modda uzluksiz ta‘sir etsa, hid biluv apparati tezroq adaptatsiyalanadi. 
Hid biluv retseptorlarining sezuvchanlik darajasini va adaptatsiya tezligini simpatik asab 
tizimi idora etadi; simpatik asab tolalari qo‘zg‘alganda hid biluv asabidagi impulsasiya hid ta‘sirida 
keskin darajada oshadi, bu esa simpatik asab tizimi adaptatsion funksiyasini o‘taydi degan 
L.A.Orbeli nazariyasiga mos keladi. Eslatib o‟tamiz, bu nazariyaga muvofiq simpatik asab tizimi 
modda almashinuvini va qo‘zg‘aluvchanligini boshqaradi. Adaptaision-trofik funksiyaning biologik 
ahamiyati shuki, u organizmning faoliyatiga muayyan ravishda moslashishni ta‘minlaydi. 
Umurlqali hayvotilarning hid bilish retseptorlari ularning filogenetik rivojlanishi va ekologik 
ixtisoslashganiga qaramay umumiy bir tamoil asosida tuzilgan. Hid bilish retseptorlarining faoliyati 
ta‘sirlovchining fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan bog‘liq: ikkinuhisi sustroq va uchinchisi esa 
retseptor faoliyatiga tormozlovchi omil sifatida ta‘sir etadi. 
Ma‘lumki, umurtqali hayvonlarda ham, odamda ham bir juft hid bilish piyozchalari ham bor. 
Bu hid bilish piyozchalar 5 qavatdan iborat. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling