O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


ta’mlarning aralashib ketishi


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

ta’mlarning aralashib ketishi deb ataladi; yangi ta‘m bilish sezgisi o‘z komponentlariga 
o‘xshamaydi. 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Ta‘m bilish analizatori og‘z bo‘shlig‘ining qaysi qismida joylashgan? 
2. Ta‘m bilish so‘rg‘ichlari qanday tipda bo‘ladi? 
3. Ta‘m bilish analizatorining qanday neyronlari farq qilinadi? 
 
10-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga eshituv va muvozanat analizatori hаqidа 
mа‘lumоt bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  


77 
1.1. Eshituv va muvozanat analizatorining anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Eshituv va muvozanat analizatorining fiziologik xususiyatlarini tushuntirib bera oladi.
O’ninchi sаvоl bаyоni. 
Eshituv va muvozanat analizatori. Eshituv analizatorining tuzilishi 
Odamning umri butunlay uzluksiz tovushlar dunyosining ta‘siri ostida o‘tadi: hayvonlar va 
odamlar ovozi, musiqa ohanglari, texnika vositalarining tovushi-bularning barchasi odamning 
eshituv a‘zosiga ta‘sir qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi. 
Quloq murakkab ikki funksiyani bajaradi. Eshituv sezgilarini hosil qilishga yordam 
beradigan eshituv a‘zosi va bundan tashqari, tanamizning muvozanatini saqlaydigan maxsus apparat 
ham quloqqa qo‘shiladi. 
Quloq tuzilishi jihatidan uchta asosiy qismlarga bo‘linadi: I) tashqi qufoq quloq suprasi 
bilan tashqi eshituv yo‘lidan iborat; 2)o’rta quloq-nog‘ora bo‘shlig‘idan iborat bo‘lib, u chakka 
stiyagining ichida turadi va uchta eshituv suyakchasini o‘z ichiga oladi; 3) ichki quloq-eshituv 
azosining eng muhim qismidir. lchki quloqda ikkita mustaqil a‘xo bnr. Bulardan biri tovushni 
sezadigan a’zo va ikkinchisi muvozanat a‘zosi-yarim doira kanallar. lchki quloq chakka 
suyagining tosh qismida (piramidasida) turadi. 
Tashqi quloq quloq suprasi va tashqi tovush yo‘lidan iborat bo‘lib, quloq suprasi 
hayvonlarda tovushni tutishga yordam beradi, u harakatchan bo‘ladi. 
Odam quloq suprasining mushaklari yaxshi rivojlanmagani uchun harakat qilmaydi. Istisno 
tariqasida odamlarda quloq suprasining qimirlashi kuzatiladi. Quluq suprasi egiluvchan tog‘aydan 
tuzilgan teri bilan qoplangan. Uning ichida burmalar bo‘lib, ular tovush to‘lqinlarining yo‘nalishiga 
yordam beradi. 
Tashqi eshitish yo‘1i 2-5sm uzunlikda bo‘lib, biroz qiyshiq kanaldan iborat. Kanalning ichi 
tukli, bezli epiteliy bilan qoplangan. Tuklar himoya vazifasini hajaradi, bezlar esa sariq suyuqlik 
ishlab chiqaradi. 
O’rta quloq bo‘shliq bo‘lib, tashqi quloqdan nog‘ora parda bilan ajralgan. Nog‘ora parda 
yupqa, pishiq bo‘lib, asab tolalari va qon tomirlari bilan ta‘minlangan. U egiluvchan pishiq 
biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan, diametri 9-11 mm, qallinligi 0,1 mm, asab va qon tomirlariga boy 
bo‘ladi. Nog‘ora parda mushaklar yordamida to‘lqinni o‘zgartirmay o‘tkazadi. 
O‘rta quloq bo‘shlig‘i nog’ora bo’shliq deyiladi, uning hajmi 0,75 ml ga teng keladi. 
So‘rg‘ichsimon bo‘shliqlar o‘rta quloq orqali halqum bilan tutashadi. O‘rta quloq Yevstaxiyev nayi 
4 sm uzunlikda bo‘lib, tashqi quloq bilan o‘rta quloqdagi bosimning muvozanatlashishida ishtirok 
etadi, o‘rta quloq bo‘shlig‘ida uchta eshitish suyakchasi: bolg’acha, sandon, uzangi joylashgan 
bo‘lib, boylamlar yordamida bir-biriga birikkan bo‘ladi (178-rasm). 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling