5. Og’riq retseptorlari og‘riqni paydo qiluvchi ta‘sirotlarni qabul qiladi. Bu sezgi
organizmdagi retseptorlarning deyarli hammasiga o‘ta ta‘sir qilganda paydo bo‘ladi.
6. Elektroretseptorlar - elektromagnit to‘lqinlariga sezgir bo‘lib, baliqlar va ba‘zi
amfibiylarning yon chizig‘ida topilgan. Bularga elektrik energiyasini sezuvchi a‘zolarining
retseptorlari kiradi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1 . Analizator nima? Sezgi u‘zolar yoki sensor tizimlar haqida ma‘lumol bering,
2. Aimlizator qaysi bo‘limlardan iborat?
3. Retseptor nima?
4. Retseptorlarning qaysi turlarini bilasiz?
5. Ixtisoslashgan retseptor deb nimani bilasiz?
6. Interoretseptorlar yoki visseroretseptorlar nima?
7. Eksteroretseptorlar nima?
8. Proprioretesptorlar nima?
2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga reseptorlarning qo‘zg‘alish mexanizmi hаqidа
mа‘lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Reseptorlarning qo‘zg‘alish mexanizmini izohlab bera oladi.
1.2. Reseptorlarda qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi va tarqalishini tushuntirib bera oladi.
Ikkinchi sаvоl bаyоni.
Hamma sensor tizimlar qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi. Retseptorlar ta‘sirlangancha ularda
ta‘sirlovchi va retseptor tuzilmasining o‘rtasidagi yordamchi tuzilmalarida asab impulslari paydo
bo‘ladi. Yordamchi tuzilmalar orqali ta‘sirot kuchi (energiyasi) asab impulslarga aylanadi, bu
transformasiya deyiladi. Yordamchi tuzilma orqali tashqi ta‘sirot reseptiv a‘zogacha yetib borib,
uning xarakteri aniqlanadi. Bu molekular darajada o‘tadigan ta‘sirot bilan retseptor o‘rtasidagi
birinchi o’zaro ta’sirlanish bosqichi deyiladi.
Retseptor tomonidan ta‘sirlovchini qabul qilib olish jarayoni uning biologik ahamiyatini
aniqlash natijasida membrana o’tkazuvchanligi keskin o‘zgaradi. Bu retseptor faoliyatining
Do'stlaringiz bilan baham: |