O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mаvzugа оid tаyanch tushunchа vа ibоrаlаr
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. 5 O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi: 5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi. 5.2.Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 5.3.O‘qituvchi o‘z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o‘zgartirishar kiritadi. O’qituvchi 10 minut Аsоsiy sаvоllаr. 1. Sezgi a‘zolari. 2. Reseptorlarning qo‘zg‘alish mexanizmi. 3. Analizatorlarning umumiy tuzilishi. 4. Reseptorlar adaptasiyasi. 5. Og‘riqni sezuvchi reseptorlar. 6. Termoreseptorlar va ularning adaptasiyasi. 7. Taktil va bosim resepsiyasi. 8. Hid bilish analizatori. 9. Ta‘m bilish analizatori. 10. Eshituv va muvozanat analizatori. 11. Ko‘ruv analizatori. Mаvzugа оid tаyanch tushunchа vа ibоrаlаr: analizitor, mexanoreseptorlar, taktil reseptorlar, termoreseptorlar, xemoreseptorlar, fotoreseptorlar, og’riq reseptorlar, elektroreseptorlar, reseptorlar adaptasiyasi, tashqi quloq, ichki quloq, ko’z soqqasi, ko’z akkomodasiyasi, qorachiq, to’r parda. Mаvzugа оid muаmmоlаr. 1. Sezgi a‘zolarining evolyusion shakllanish mexanizmi. 2. Analizatorlar bilan bog‘liq bo‘lgan irsiy kasalliklarning kelib chiqish sabablari. Birinchi sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga sezgi a‘zolari haqida ma‘lumot berish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1. Sezgi a‘zolarini izohlab bera oladi. 68 2. Analizatorlarni ta‘sirot turiga ko‘ra farqlay oladi. Birinchi sаvоlning bаyоni. Sezgi a’zolari (analizatorlar yoki sensor tizimlar) uzoq vaqt davom etgan tarixiy rivojlanish jarayonida shakllanib, murakkablanish, ta‘sirotning alohida turlariga moslashib borgan. Evolutsiya davomida odam va hayvonlar organizmida sezuvchi hujayralar-retseptorlaraing maxsuslashgan to‘plamlari hosil bo‘lgan. I.M.Sechenov harakat analizaiorini o‘rganib, sezish reiseptorlari bilan harakat retseptorlari bir-biriga bog‘liqligini aniqlagan. Uning fikricha, odamning sezgi a‘zolari hayvonlar sezgi a‘zolaridan tubdan farq qiladi. Keyinchalik I.P.Pavlov analizatorlarning morfofumksional tuzilishini o‘rganib chiqdi. Uning fikricha, ta‘sirlovchilar ta‘sirini qabul qilishda va asab impulslarini o‘kazishda qatnashadigan neyronlarning butun majmuasini, shuningdek, bosh miya po‘stlog‘ining sensor (sezuvchi) neyronlarini yagona tizim hisoblab, ularni "analizator" deb nomlash mumkin. Ma‘lumki, asab oxirlari-retseptorlarning ta‘sirlanishiga javohan albatta asab tizimining ishtiroki bilan organizmda ro‘y beradigan reaksiyalar refleks deb ataladi. Turli retseptorlar tuzilmasi va funksiyalari bilan bir-biridan farq qiladi. Ulardan bir qismi muayyan ta‘sirotlarni sezishga maxsus moslashgan a‘zolarda, masalan, ko‘zda, quloqda bo‘ladi. Ko‘ruv retseptorlari ko‘zning to‘r pardasida bo‘lib, ko‘zning optik tizimi yorug‘lik nurlarini to‘r pardasida fokuslaydi. Quloq tovush tebranishlarini eshituv retseptorlariga o‘tkazadi. Turli retscptorlar o‘zlari uchun adekvat bo‘lgan ta‘sirtovchilar ta‘sirini sezishga moslashgan. Relseptortarning quyidagi turlari bor; mexanoretseptorlar - tegishni sezadigan taktil Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling