Atlas yoki atlant deb ataladigan birinchi umurtqa barcha amniotalar uchun xarakterli qalqa shaklida bo’ladi. Old tomonning pastki qismida bitta bo’g’im yuzasi bo’lib, umurtqa shu yuza yordami bilan bosh skeletga qarakatchan tarzda ensa bo’rtmasi orqali birikadi. Atlas o’rtasidagi teshik pay bilan ikkiga-pastki va ustki bo’limlarga bo’lingan. Ustki teshikdan orqa miya o’tsa, pastki teshikka tishsimon o’simta kiradi, bu o’simta epistrofey deb ataladigan ikkinchi umurtqaga birikkan. Tishsimon o’simta birinchi umurtqaning ajralib chiqqan tanasidir. Shunday qilib, atlas o’z tanasi atrofida aylana oladi. Birinchi bo’yin umurtqasining bunday tuzilishi boshning qarakatchan bo’lishiga imkoniyat tug’diradi. So’nggi uchta bo’yin umurtqasining qar birida bir juftdan yaxshi taraqqiy etgan bo’yin qovurg’alari bor. Bu qovurg’alar umurtqa tanasiga qarakatchan tarzda birikkan va sekin-asta kattalasha borib, uchi to’sh suyagigayetmasdan erkin qolda tugaydi.
17-rasm. Kaltakesak skeleti tuzilishi: 1 - o’mrov suyagi, 2 - kurak suyagi, 3 -yelka suyagi,
4 - bilak suyagi, 5 - tirsak suyagi, 6 - bilaguzuk, 7 - kaft suyaklari, 8 – barmoq falangalari,
9 - qovurg’alari, 10 - chanoq kamari, 11 - son suyagi, 12 - katta boldir suyagi,
13 - kichik boldir suyagi, 14 – tovon suyagi, 15 - oyoq kaft suyaklari, 16 - dum umurtqalari.
Ko’krak-bel umurtqalari. Kaltakesaklarda ko’krak-bel umurtqalari soni 22 ta. Ko’krak-bel qismi bir-biridan aniq ajralmaganligidan u umumiy bir bo’lim qisoblanadi. Ko’krak-bel bo’limidagi umurtqalarning qammasida qovurg’alar bo’lib, ular sekin-asta kichrayib boradi. Іar qaysi qovurg’a ustki - suyak va pastki - tog’ay bo’limidan tashkil topgan. Ko’krak-belning oldingi beshta umurtqasidagi (chin ko’krak umurtqalarida) qovurg’alar uzun bo’lib to’shga qo’shiladi va ko’krak qafasini qosil qiladi (ilonlarda to’liq ko’krak qafasi va to’sh suyagi bo’lmaydi).
Dumg’aza umurtqalari. Dumg’aza qismi ikkita umurtqadan iborat. Bu umurtqalarning ko’ndalang o’simtalari serbar bo’lib, chanoq suyagi shu o’simtalarga birikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |