O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Download 7.21 Mb.
bet103/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Vistseral skelet. Echkemarda tanglay-kvadrat tog’ayi elementlaridan faqat kvadrat suyagi qosil bo’lgan. Bu suyak miya qutisiga ustki uchi bilan qarakatchan tarzda birikib, uning pastki uchiga esa pastki jag’ qo’shiladi. Kvadrat suyagining oldida qanotsimon suyak qamda yuqori jag’ va dimog’ suyaklari bilan birlashuvchi tanglay suyaklar joylashgan. Bu suyaklarning qammasi juft bo’lib, bulardan faqat kvadrat suyagi tog’aydan tashkil topgan. Qanotsimon suyakdan yuqoriga tomon pog’onasimon suyak chiqadi. Bu juft suyak qanotsimon suyak bilan tepa suyaklarni birlashtiradi va qozirgi zamon sudralib yuruvchilaridan faqat kaltakesaklar qamda gatteriyalargagina xos. Bundan tashqari, qanotsimon suyakdan ko’ndalang suyaklar chiqib, o’zining oldingi uchi bilan yuqori jag’ suyaklariga birikadi. Ikkilamchi yuqori jag’ tarkibiga jag’ oldi va yuqori jag’ suyaklari kiradi. Pastki jag’ning asosiy qismini mekkel tog’ayiga gomolog bo’lgan qo’shuvchi suyak tashkil etadi va u kvadrat suyak bilan birikadi. Shuningdek, pastki jag’ tarkibiga tubandagi ikkilamchi suyaklar, ya’ni tish suyagi, burchak suyagi, burchak usti suyagi, birikuvchi suyak va toj suyagi kiradi. Sudralib yuruvchilarning jag’lararo, yuqori jag’ va tish suyaklarida (toshbaqalardan tashqari) mayda-mayda konussimon tishlar bo’ladi. Tishlar ba’zan bir oz orqaga qayrilgan bo’lib, asosi suyaklarga qo’shilib o’sgan, ular fakat ovqatni tutish va ushlab turish vazifasini bajaradi.
Til osti yoyi suvda qam quruqlikda yashovchi qayvonlarniki kabi yoylarning miya qutisiga birikishida ishtiroq etmaydi, ya’ni o’z funktsiyasini butunlay yo’qotgan. Uning ustki (giomandibulyar) elementi o’rta quloq tarkibiga kirib, eshituv suyakchasi – uzangiga aylangan. Til osti yoyining qolgan qismi (giod) oldingi jabra yoylarining qoldiqlari bilan birgalikda til osti apparatini tashkil etadi. Til osti apparati bitta tana va uch juft shoxchadan iborat. Uning tog’ay tanachasi bir-biriga qo’shilib ketgan kopulaga, oldingi shoxlari – gioidga, o’rta va orqa shoxlari esa ikkita oldingi jabra yoylarining elementlariga gomologdir.

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling