O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Download 7.21 Mb.
bet102/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Dum umurtqalari. Dum qismi bir necha o’nta umurtqalardan iborat. Ularning oldingilari dumg’aza umurtqalariga o’xshash, biroq tanalari uzun, ko’ndalang o’simtalari ingichkaroq, ostist o’simtalari esa uzunroq bo’ladi. Orqadagi dum umurtqalari sekin-asta kichrayadi, ostist o’simtalari yo’qoladi va kalta-kalta suyakchalarga aylanadi.
Bosh skeleti. Suvda qam quruqlikda yashovchilarga qarshi o’laroq sudralib yuruvchilarning bosh skeleti suyaklardan (faqat qidlov va qisman eshituv bo’limidagina tog’ay saqlanib qolgan) iborat bo’lib, suyaklarning soni juda ko’pdir. Bosh skeletining miya qutisi (neurokranium) va yuz-vistseral bo’limlari embrional rivojlanishda mustaqil taraqqiy etsa-da, voyagayetgan qayvonlarda ular birikib ketadi. Bosh skeletning tarkibiga birlamchi almashinuvchi va ko’p sondagi ikkilamchi - qoplovchi suyaklar kiradi.
Miya qutisi (neurokranium). Ensa bo’limida to’rtta: ikkita yon ensa, bitta ustki ensa va bitta asosiy ensa suyaklari bor. Bular kelib chiqish jiqatidan birlamchi suyaklardir. Bu suyaklar katta ensa teshigini o’rab olgan. Ensa teshigining ostida bitta ensa bo’rtmasi bo’lib, buning vujudga kelishida asosiy ensa suyagi qamda yon ensa suyaklari ishtirok etadi.
Sudralib yuruvchilarda bitta ensa bo’rtmasining bo’lishi ular uchun xarakterlidir. Boshning bitta ensa bo’rtmasi orqali birinchi bo’yin umurtqasi - atlasga birikishi sudralib yuruvchilar boshining qarakatchanligini ta’minlaydi.
Eshituv bo’limida birlamchi suyaklardan faqat bir juft (qar tomonda bittadan) oldingi quloq suyagi saqlanib qolgan, boshqa ikkitasi esa qo’shni suyaklarga (ustki quloq suyagi ustki ensa suyagiga, keyingi quloq suyagi yon ensa suyaklariga) qo’shilib ketadi.
Sudralib yuruvchilarning ko’pchiligida ko’zlararo to’siq yupqa parda ko’rinishida bo’lib, faqat timsoq va kaltakesaklardagina qisman mayda suyakchalar mavjud. Barcha sudralib yuruvchilarning qidlov bo’limida suyaklar yo’q. Bu bo’lim tog’ayligicha qolgan. Asosiy ensa suyagiga serbargina asosiy ponasimon suyak qo’shiladi. Bu suyak sudralib yuruvchilar va boshqa barcha amniotalarda miya qutisining tag tomonini va butun bosh skelet asosini tashkil etadi. Miya qutisi tubining oldingi qismida qoplag’ich suyakdan faqat juft dimog’ suyaklari yaxshi sezilib turadi.
Umurtqali qayvonlar uchun xarakterli bo’lgan tubandagi qoplag’ich suyaklar miya qopqog’i va miya qutisining yon devorlarini qosil qiladi: toq tepa suyagi, bir juft manglay suyagi va toq burun suyagi. Toq burun suyagi echkemarlarda qo’shilib toq suyakka aylangan, boshqa sudralib yuruvchilarda ular bir juft bo’ladi. Echkemarning manglay suyaklari oldida juft manglay oldi suyagi, ko’z oldi suyagi va ko’z kosasining oldingi devorida juft ko’z yosh suyaklari joylashgan.
Miya qutisining yuqorida aytilgan qoplag’ich suyaklaridan tashqari uning chakka yoylari tarkibiga kiruvchi suyaklar bor. Echkemarda ustki chakka chuqurchasi orqa manglay suyagi va ustki chakka yoy (tangachasimon suyakdan iborat) bilan chegaralangan. Pastki chakka yoy tarkibidagi kvadrat-yonoq suyagi reduqtsiyalanganligi sababli yon chakka yoylari tashqi tomondan bekilmasdan ochiq qolgan. Shuning uchun echkemar bosh skeletining pastki chakka yoyi reduktsiyalangan, ya’ni diapsid (ikki yoylik) tipda tuzilgan deyiladi. Ba’zi tur kaltakesaklarda qisman ustki chakka yoylar, ilonlarda esa qar ikkala yoy qam reduktsiyalangan (manglay orqa suyagi bilan tangachasimon suyaklarning o’zaro birikmasligi natijasida qar ikkala chakka chuqurchasi qam tashqi tomondan ochiq qoladi).

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling