O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus
Download 7.21 Mb.
|
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)
- Bu sahifa navigatsiya:
- yelka kamarining
Elka kamari. Sudralib yuruvchilaryelka kamarining asosiy qismini bir oz dorzal joylashgan kurak va ventral qolda o’rnashgan korakoid suyaklari tashkil etadi (70-rasm). Bu qar ikkala suyakyelka suyagi birikadigan bo’g’im kosasini vujudga keltiradi. Kurakka dorzal qolda kurak usti tog’ayi, korakoidning oldiga esa tog’ay prokorakoid qo’shiladi.
Yaxshi taraqqiy etgan to’shga bir qancha qovurg’alar birikadi. Shunday qilib, sudralib yuruvchilar ko’krak qafasining taraqqiy etishi va o’q skeletida tayanch yelka kamarining bo’lishi bilan suvda qam quruqlikda yashovchilardan farq qiladi. To’shning ventral tomoniga sudralib yuruvchilar uchun xos bo’lgan «T» shaklli ingichka qoplag’ich suyak-to’sh usti suyagi birikadi. Uning oldida ingichka qoplag’ich suyak-o’mrov suyagi bo’lib, o’mrovning tashqi uchlari kurak suyaklari bilan, ichki uchlari esa to’sh usti suyagining o’simtasi bilan birikadi. Ilonlardayelka kamari reduktsiyalangan, toshbaqalarda esa o’mrov va to’sh usti suyaklari qorin qalqoni tarkibiga kiradi. Chanoq kamari. Chanoq kamari o’rta chiziq bo’ylab tog’ay orqali birikadigan ikkita simmetrik palladan iborat. Har qaysi palla uchta: dorzal joylashgan yonbosh suyagi, ventral o’rin olgan quymich suyagi va qov suyaklaridan tashkil topgan. Bu uchta suyak orqa oyoqlarining birikishi uchun quymich kosasini qosil qiladi. Sudralib yuruvchilarda o’ng va chap quymich qamda qov suyaklari o’zaro birikkan, bo’nday chanoq kamari yopiq kamar deb ataladi. Echkemar oyoqlari skeleti. Echkemarning oyoq skeletlari quruqlikda yashovchi barcha umurtqali qayvonlarning oyoqlari kabi tipik besh barmoqli sxema asosida tuzilgan. Oldingi oyoqning proksimal bo’limi-yelka-bittayelka suyagidan, ikkinchi bo’lim-bilak-ikkita: tirsak suyagi bilan bilak suyagidan iborat. Bilaguzuk ikki qator bo’lib joylashgan, nisbatan mayda suyakchalardan tashkil topgan. Ularning yonboshida oltinchi barmoq qoldig’i qisoblanuvchi bitta - noksimon suyakcha bor. Kaft bir qator o’rnashgan beshta uzunchoq suyakdan iborat. Bularga qar qaysisida uzunasiga o’rnashgan bir nechta suyakchalardan iborat besh qator barmoq falangalari birikadi. Oxirgi falangalardan tirnoqlar o’sib chiqqan. Sudralib yuruvchilarda oyoq kafti qarakatini ta’minlovchi bo’g’imi ikki qator bilaguzuk suyaklari orasida bo’ladi. Bu interkarpal (bilaguzuk oralig’i) deb ataladigan bo’g’imni qosil qiladi. Download 7.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling