O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Download 7.21 Mb.
bet93/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Umurtqa pog’onasi. Baqaning umurtqa pog’onasi to’liq suyaklashgan, faqat to’qqizta umurtqadan tashkil topgan bo’lib, to’rt bo’lim: bo’yin, tana, dumg’aza va dumga bo’linadi.
Barcha amfibiyalardagi singari baqaning qam bo’yin bo’limida faqat bitta umurtqa bor. Bu umurtqa ko’ndalang va oldingi qo’shiluv o’simtalarining bo’lishi bilan tana umurtqasidan farq qiladi. Oldingi tomonidagi ikkita qo’shiluv chuqurchasi yordamida umurtqa bosh skeletiga birikadi.
Tana bo’limi umurtqalarining soniyettita. Bu bo’lim umurtqalarining oldingi tomoni ichiga botib kirgan, orqa tomoni esa bo’rtib chikqan, ya’ni protsel tipda bo’ladi. Bu umurtqalarning qammasida orqa miya kanalini o’rab oladigan va ustida ostist o’simtasi bo’lgan ustki yoylar bor. Umurtqalarning yon tomonida katta ko’ndalang o’simtalar umurtqa ustki yoylari asosining oldingi va keyingi tomonida bir juftdan kalta qo’shiluv o’simtalari bor. Bu o’simtalar qo’shni umurtqalardagi shunday o’simtalarga qo’shilish uchun xizmat etadi.
Dumg’aza bo’limi odatda bitta umurtqadan iborat. Umurtqa tipik tana umurtqasiga o’xshash tuzilgan. Uning ko’ndalang o’simtasi kuchli taraqqiy etgan bo’lib, unga chanoq kamarining yonbosh suyagi birikkan.
Dum bo’limi bitta uzun suyakcha-urostildan iborat. Urostil embrional rivojlanish tarixidan ma’lum bo’lganidek, bir necha (12 ta) umurtqalarning bir-biriga qo’shilib ketishidan qosil bo’lgan. Baqalarda qovurg’alar bo’lmaydi. Endi umurtqaning tipik tuzilishi bilan tanishish uchun tana bo’limining uchinchi umurtqasini ajratib olib, lupa orqali kuzating va yuqorida ta’riflangan umurtqaga xos elementlarni toping.
Oyoq skeleti va ularning kamarlari. Amfibiyalarningyelka kamari yuqori uchi bilan qayvonning qorin tomoniga yo’naltirilgan yoy shaklida bo’ladi. Yoyning qar ikkala (o’ng va chap) yarmi quyidagi asosiy elementlardan, ya’ni kurak, korakoid va prokorakoid tog’aydan tashkil topgan bo’lib, quruqlikda yashovchi umurtqali qayvonlar uchun xosdir.
Suvda qam quruqlikda yashovchilar kurak suyagining proksimal qismi xondral suyaklashgan, distal qismi esa tog’aydan iborat bo’lib kurak usti tog’ayi deb ataladi. Tog’ay prokorakoid ustida qoplag’ich suyakdan iborat o’mrov suyagi joylashgan. Korakoid usti tog’ayiyelka kamarining ventral qismini tashkil etadi. Undan oldingi tomonga to’sh oldi suyagi, keyingi tomoniga esa to’sh suyagi o’rnashgan. To’sh oldi va to’sh suyaklarining uchlari tog’aydan tashkil topgan. Qovurg’alar bo’lmaganidan to’sh suyagi o’q skeletiga qo’shilmagan, ko’krak qafasi yo’q, shunga ko’ra oldingi oyoqlar kamari to’sh elementlari bilan birgalikda muskullar orasida erkin yotadigan yoy qosil qilgan. Bu amfibiyalar uchun xosdir.
Endi oldingi oyoqlar skeleti bilan tanishib chiqamiz. Ma’lumki, oldingi oyoqlar skeleti uch bo’lim: 1)yelka, 2) bilak va 3) oyoq kaftlaridan tashkil topgan. Oyoqlarning bunday bo’limlarga bo’linishi quruqlikda yashovchi umurtqali qayvonlar uchun xosdir.

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling