O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Download 7.21 Mb.
bet95/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

mashG’ulot-15. Sudralib yuruvchilarning tashQi va ichki tuzilishi
Ob’ektning sistematik holati
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar – Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar – Craniata
Katta sinf. To’rt oyoqlilar - Tetrapoda
Sinf. Sudralib yuruvchilar – Reptilia
Turkum. Tangachalilar – Squamata
Kenja turkum. Kaltakesaklar – Sauria (Lacertilia)
Vakil. Ildam kaltakesak – Lacerta agilis L.
Kerakli materiallar va jihozlar: kaltakesak, suv iloni yoki toshbaqa (iloji bo’lsa mashg’ulot oldidan endigina o’ldirilgan kaltakesak), vannachalar, skalpel, qaychi, pinцet, preparoval ninalar, to’g’nog’ich ninalar, paxta, doka ro’molcha, qo’l lupasi, tayyor fiksatsiya qilingan qo’l va quruq materiallar (kaltakesak, suv iloni va toshbaqaning tashqi ko’rinishi va ichi yorilgan qoldagilari), sudralib yuruvchilar turli vakillarining tulumlari qamda ularning tashqi ko’rinishi, ichki tuzilishi, qon aylanish sistemasi sxemasi va siydik-tanosil sistemasi aks ettirilgan jadvallar.
Mashg’ulotning maqsadi: ildam kaltakesak misolida sudralib yuruvchilar sinfi vakillarining tashqi va ichki tuzilishini o’rganish.


Ishning mazmuni:
Darsni o’tish uchun ilova qilingan ildam kaltakesak bo’lmagan taqdirda kaltakesaklarning boshqa turlaridan qam foydalanish mumkin.
Kaltakesakni jonsizlantirish uchun usti maqkam yopiladigan shisha idishga tirik kaltakesakni solib, shisha idish ichiga efir yoki xloroformda qo’llangan paxta bo’lagi tashlanadi. 15-20 minut ichida shisha idishdagi kaltakesak jonsizlanadi va o’rganishga tayyor bo’ladi.
Sudralib yuruvchilar qaqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali qayvonlarning birinchi sinfi qisoblanadi. Ular quruqlikda yashashga moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususiyatlari borligi bilan suvda qam quruqlikda yashovchilardan farq qiladi.
Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Bosh miya yarim sharlari nisbatan katta bo’lib, kulrang miya moddasidan iborat po’stlog’i bor. Shuning uchun qam reptiliyalarda nerv-reflektor faoliyati ancha murakkablashgan. Sudralib yuruvchilarning progressiv xususiyatlari ularning skeleti tuzilishi va rivojlanishida qam ko’rinadi.Yer ustida qarakat qilishi tufayli ularning tanasi amfibiyalarnikiga nisbatan qismlarga aniq bo’lingan. Boshining ancha qarakatchanligini va sezgi organlaridan ko’proq foydalanish imkoniyatini beruvchi bo’yin umurtqalarining ko’payishi va ayniqsa birinchi bo’yin umurtqasi-atlant, ikkinchi bo’yin umurtqasi - epistrofeyning yaxshi rivojlanganligini aloqida ko’rsatib o’tish lozim. Ularning ko’pchiligida ko’krak qafasi qosil bo’lgan. Bu esa reptiliyalar nafas olishining ancha takomillashganligidan dalolat beradi. Sudralib yuruvchilar faqat o’pka orqali nafas oladi, yaxshi rivojlangan traxeyasi va ikkiga bo’lingan bronxlari bor. Ularning terisi quruq, teri bezlari bo’lmaydi, terisi muguz tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilarning yuragi amfibiyalarnikiga o’xshab uch kamerali bo’lsada, lekin ularning yurak bo’lmalari orasida to’siq va yurak qorinchasida chala to’siq paydo bo’lgan. Shuningdek, reptiliyalarning arterial oqimi yurak qorinchasining turli joylaridan chiquvchi uchta mustaqil qon tomirga bo’lingan.
Sudralib yuruvchilarning ayirish organlari qam ancha takomillashgan, ularda chanoq buyragi (metanefros) rivojlangan. Amfibiyalardan farq qilib, sudralib yuruvchilarning barchasida otalanish ichki. Ular asosan pergament yoki oqak moddadan iborat, qattiq po’st bilan qoplangan yirik tuxumlarini quruqlikka qo’yadi. Tuxumda sariqlik moddasi ko’p bo’ladi. Shuning uchun qam ularning rivojlanishi o’zgarishsiz boradi, ya’ni tuxumdan chiqqan bolasi voyagayetgan ota-onasiga o’xshaydi. Ayrim turlarigina suvda yoki quruqlikda tirik tug’adi. Yuksak umurtqali qayvonlardagi (qushlar va sutemizuvchilar) kabi sudralib yuruvchilarda qam embrional rivojlanishida aloqida qolat – murtak pardasi qosil bo’ladi. Murtak pardalarining biri-amniotik qavat nomiga qarab yuqori umurtqalilar (sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar) amniotalar deb ataladi, embrional rivojlanish davrida murtak pardasini qosil qilmaydigan tuban umurtqalilar (to’garak og’izlilar, baliqlar va suvda qam quruqlikda yashovchilar) esa anamniyalar deb ataladi.
Laboratoriya mashg’ulotida o’rganish uchun tayyorlangan kaltakesakni yorib, ichki tuzilishini kuzatishdan oldin tashqi tuzilishi bilan tanishib, gavdasining bo’limlarga bo’linishiga, ya’ni bosh, bo’yin, tana, dum va oldingi qamda orqa oyoqlariga e’tibor bering. Terisini tekshirganda unga xarakterli belgilaridan bo’lgan muguz tangachalarini ko’zdan kechiring. Boshida ko’zlarini joylashishi, ularni tashqi tuzilishiga qamda burun va quloq teshiklarining joylashishiga e’tibor bering. Pintset bilan kaltakesakning og’zini ochib, tishlari, uchi ikkiga ajralgan yupqa tilini qarab o’rganing. Kaltakesak tilini pintset bilan oldingi tomonga cho’zib torting va uning tubidagi nafas teshigi – xoanalarni, qiqildoqni, orqarog’ida esa qizilo’ngach teshigini toping. Gavdasi bilan dum qismlarining chegarasida joylashgan kloaka teshigini toping. Kaltakesakning oyoqlarini ko’zdan kechiring va uning oyog’i quruqlikda yashovchi boshqa umurtqali qayvonlar oyog’i singari tuzilganligiga, barmoqlari uchida tirnoqlari borligiga e’tibor bering. Son qismining ostki tomonidagi shoxsimon bo’rtmachalarga o’rnashgan qator teshikchalarni qorin tomondan izlab toping, bu teshiklar - son teshiklaridir.

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling