O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Download 7.21 Mb.
bet90/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

mashG’ulot-14. Suvda HamDA QuruQlikda yashovchilar skeleti
Kerakli materiallar va jiќozlar: montaj (taxtaga o’rnatilgan) qilingan baqa skeletlari (5-6 ta) tanasining turli bo’lim umurtqalari, oldingi va orqa oyoqlari qamda kamarlari skeleti, bosh skeleti; baqaning umumiy skeleti, bosh skeletining ustki va ostki tomondan ko’rinishi, tanasining turli bo’limlari umurtqalari, til osti skeleti,yelka va chanoq kamarlari qamda oyoqlari skeleti aks ettirilgan jadvallar.
Mashg’ulotning maqsadi: ko’l baqasi misolida suvda qam quruqlikda yashovchilar sinfi vakillarining skelet tuzilishini o’rganish.
Ishning mazmuni
Suvda qam quruqlikda yashovchilar sinfining tipik vakili baqaning skeleti quruqlikda yashovchi umurtqalilarga xos bir qator progressiv belgilarga ega (14-rasm).
Xususan oyoqlarining tipik besh barmoqli tipda tuzilganligi, kamar va oyoq skeletlarning uchta gomodinam elementlardan shakllanganligi, chanoq kamarining o’q skeleti bilan bog’liq bo’lishi, bosh skeletining autostiliya tipda tuzilganligi, ya’ni tanglay kvadrat tog’ayining bosh skeletiga qo’shilib ketganligi, til osti yoyining boshqa elementlarga aylanganligi, jabra qopqoqlarini butunlay, yoylarini esa qisman reduktsiyalanganligi va niqoyat, umurtqa pog’onasining bir necha bo’limlarga ajralganligi ularning progressiv belgilaridir. Bosh skeletida suyaklarning kam bo’lishi, umurtqa pog’onasi bo’yin va quymich bo’limlarining kam taraqqiy etganligi, qovurg’alarning bo’lmasligi, dum umurtqalarining bitta suyak-urostilga aylanganligi, chanoq kamari yonbosh suyagining uzun bo’lishi va sakrab yurishiga moslanishi tufayli baqa oyoqlari skeletining quruqlikda yashovchi boshqa qayvonlarnikiga nisbatan juda boshqacha tuzilganligi, baqaning adaptiv belgilari qisoblanadi. Yuqorida aytib o’tilgan dumsiz amfibiyalar turkumi vakillarining skeletiga xos adaptiv belgilarning qammasi qam suvda ham quruqlikda yashovchilarning boshqa turkumlari (dumlilar va oyoqsizlar) vakillarida uchramaydi.
Bosh skeleti. Suvda qam quruqlikda yashovchilar bosh skeleti baliqlarnikiga nisbatan birmuncha o’zgarishlarga uchragan. Ularda tipik quruqlikda yashovchi umurtqali qayvonlar bosh skeletiga xos bir qator belgilar paydo bo’lgan. Ayniqsa ularda bosh skeletining vistseral qismida ko’proq o’zgarishlar sodir bo’lgan. Avvalo, bu o’zgarishlarni amfibiyalarning bosh skeleti ko’pchilik baliqlarning bosh skeletidan xondral va teri suyaklarining yaxshi rivojlanmaganligidan, autostiliya qisman eshitish va qisman til osti apparatiga aylangan, o’zgargan til osti va jabra yoylarining bo’lishidan jabra qopqog’ining reduktsiyalanganligidan bilsa bo’ladi. Binobarin, ko’pchilik amfibiyalarda jabra apparatining yo’qolishi, birinchi eshitish suyakchalarining va til osti skeletining paydo bo’lishi vistseral skeletda sodir bo’lib, bu qayvonlarning yarim quruqlikda yashashi bilan bog’liqdir.


Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling