O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Download 7.21 Mb.
bet100/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

mashG’ulot-16. Sudralib yuruvchilarning skeleti
Ob’ektning sistematik holati
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar – Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar – Craniata
Katta sinf. To’rt oyoqlilar - Tetrapoda
Sinf. Sudralib yuruvchilar – Reptilia
Turkum. Tangachalilar – Squamata
Kenja turkum. Kaltakesaklar – Sauria (Lacertilia)
Vakil. Ildam kaltakesak – Lacerta agilis L.
Mashg’ulotning maqsadi: ildam kaltakesak misolida sudralib yuruvchilar sinfi skeletining tuzilishi.


Ishning mazmuni:
Sudralib yuruvchilarning skeleti suvda qam quruqlikda yashovchilarnikiga nisbatan ancha takomillashgan. Progressiv xususiyatlariga suyak elementlarining yaxshi rivojlanganligi, oyoqlarining o’q skeletiga mustaqkam birikishi ularning quruqlikda yashashga moslashganligi bilan bog’liq ekanligini aytib o’tish lozim.
Sudralib yuruvchilar skeletidagi xarakterli xususiyatlardan yana biri ularda to’sh suyagi va qovurg’alarning rivojlanganligi tufayli ko’krak qafasining paydo bo’lganligidir (ilon va toshbaqalarda bo’lmaydi).
Umurtqa pog’onasi. Sudralib yuruvchilarning o’q skeleti yoki umurtqa pog’onasining qismlari suvda qam quruqlikda yashovchilarnikiga nisbatan qarakatchan va to’rtta bo’limga: bo’yin, ko’krak-bel, dumg’aza va dumga bo’linadi. Umurtqalar tanasining old tomoni botiq, orqa tomoni bo’rtib chiqqan, ya’ni protsel tipda bo’ladi. Uning yuqori tomonidan ustki yoylar (17-rasm) chiqadi, bu yoylar aniq ajralib turadigan qiltanoq ostist o’simta bilan tugaydi.
Ustki yoylar old qirrasidan bir juft qisqa oldingi bo’g’im o’simtasi, orqa qirrasidan esa bir juft keyingi bo’g’im o’simtasi chiqadi. Umurtqa pog’onasining yon tomonlarida, yuqori yoyning asosiga yaqin joyda qovurg’aning birikishi uchun kichik chuqurcha bor. Voyagayetgan vakillari o’q skeletida xorda qoldig’i yo’q.
Bo’yin umurtqalari. Kaltakesaklarning bo’yin qismida umurtqalar soni 8 ta. Bulardan oldingi ikkitasi o’ziga xos tuzilgan.

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling